O‘qituvchi ikkita maktabda ishlasa, ikkala maktabdan ham toifa va sertifikat uchun ustama oladimi?
Savol
Agar o‘qituvchida toifa va ustama beruvchi sertifikat bo‘lsa, bir maktabda asosiy o‘qituvchi bo‘lib ishlab, boshqa maktabdan yana qo‘shimcha soatbay dars olsa, uning oylik maoshiga toifa va sertifikat ustamasi qo‘shib to‘lanadimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan ‘‘Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida’’gi nizomga ko‘ra pedagog xodimlarning lavozim maoshlari malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari asosida shakllantiriladi.
Bazaviy tarif stavkasi Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif stavkasini hamda qonunchilikda belgilangan tarif stavkasiga doimiy ustamalarni, shuningdek pedagog va rahbar xodimlarning ayrim toifalari ish haqiga qo‘shilgan kompensatsiya to‘lovlarini o‘z ichiga oladi.
Shu sababli, malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi boshqa ta’lim muassasasida ham soatbay asosida ishlagan taqdirda malaka toifasi uchun ham qo‘shimcha ish haqi hisoblanadi.
O‘qituvchida unga ustama berishga asos bo‘luvchi sertifikat bo‘lsa-chi?
Pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori [tahr. 04.04.2024] bilan tasdiqlangan.
Bunda umumiy o‘rta ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarga (shu jumladan, soatbay, o‘rindosh, stajyor o‘qituvchi, direktor va direktor o‘rinbosarlari) o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha sertifikatga ega pedagog xodimlarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash nazarda tutilgan.
Ya’ni, tegishli sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchiga u boshqa bir maktabda soatbay asosida dars bergan taqdirda ham ustamalar to‘lab beriladi.
Xulosa shuki, toifa va ustama beruvchi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchi bir maktabda asosiy o‘qituvchi bo‘lib ishlab, boshqa maktabdan yana qo‘shimcha soatbay dars olgan taqdirda, uning oylik maoshiga toifa va sertifikat uchun to‘lovlar amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot: ‘‘Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida’’gi nizomning 21-bandiga ko‘ra pedagog xodimlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar, shu jumladan mavjud sertifikatlari uchun to‘lanadigan ustamalar, tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga (o‘qituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda to‘lab beriladi.
Ya’ni, agar o‘qituvchi boshqa bir o‘qituvchining darslarini vaqtincha o‘tayotgan bo‘lsa, ularning mavjud sertifikatlari uchun ustama to‘lanmasligi mumkin.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
2026-yilda o‘qituvchilar maoshi ikki baravar oshiriladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda pedagog xodimlar oylik maoshi 2026-yilda ikki baravar oshirilishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu xabarlar qanchalik asosli?
Yangiliklar
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi.
So'ragan edingiz
Ikki yil avval malaka oshirgan o‘qituvchiga yangi o‘quv yiliga ustama uchun ball beriladimi?
2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar esa uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikati o‘z kuchida bo‘ladi.
So'ragan edingiz
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 70% ustama to‘liq to‘lanmaydimi?
70 foizlik ustama ularning tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha ravishda to‘lab berilishi kerak bo‘ladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang