Rahbar xodimlar darsi uchun soatbay haq to‘lanishi to‘g‘rimi?
Savol
Men maktabda 0,5 stavka “zavuch” lavozimida ishlab kelmoqdaman. Shu bilan birga 10 soat dars ham olganman. Dekabr oyigacha dars o‘tganligim uchun xuddi o‘qituvchilar singari ish haqi to‘liq berilar edi, ya’ni tarifikatsiya qilingan edi.
Endi bizga soatbay ravishda haq to‘lanadigan bo‘ldi. Savolim shuki, rahbar xodimlarga o‘zi cheklangan miqdorda dars berilsa, shu dars soati uchun pulni ham soatbay qilib to‘lanishi to‘g‘rimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”dagi nizomning 14-bandiga ko‘ra ta’lim muassasasining rahbar xodimi tomonidan uning egallab turgan shtat birligidan qat’i nazar, asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borilishiga (o‘quv yuklamasi yuritilishiga) yo‘l qo‘yiladi.
Bunda rahbar xodimlar tomonidan o‘tilgan o‘quv soatlari uchun soatbay ravishda haq to‘lanishi belgilangan.
Soatbay asosida haq to‘lash ish haqi miqdorining kamayishiga olib kelmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 10-apreldagi 3-2019, 19-qq va 15-2019-qq-son qaroriga ilovada “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari” belgilangan.
Unga ko‘ra mehnatga soatbay haq to‘lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1,20 foiz miqdorda hisoblanib, uning miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi kiritiladi.
Bunda soatbay asosda dars o‘tayotgan rahbar xodim faqat o‘quv yuklamani o‘zini bajaradi. Sodda qilib aytganda, rahbar xodimlar faqatgina dars o‘tadi xolos, pedagogik yuklamani bajarmaydilar.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, umuman olganda, rahbar xodimlar o‘tgan dars soatlari uchun soatbay asosida haq to‘langan taqdirda ham, ular moddiy tomonlama hech narsa yutqazmaydilar.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
2026-yilda o‘qituvchilar maoshi ikki baravar oshiriladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda pedagog xodimlar oylik maoshi 2026-yilda ikki baravar oshirilishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu xabarlar qanchalik asosli?
So'ragan edingiz
Endi 1-sinflarni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi kerakmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Joriy o‘quv yilidan 1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari shart” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli?
So'ragan edingiz
B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
O‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.
So'ragan edingiz
Pedagoglarga bayram kunlari uchun oylik to‘lanmaydimi?
Yangi yil bayrami munosabati bilan pedagog xodimlar ketma-ket 5 kun dam olar ekan. Endi shu dam olish kunlari hisobiga dekabr va yanvar oyidagi maoshimiz kamayadimi?
O'zbek
Izohingizni tahrirlang