Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq joriy yilda maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri kelib, IV chorak 28-mart kunidan boshlanadi.
Ya’ni, 20-mart kuni dars mashg‘ulotlari to‘liq olib boriladi. Bahorgi ta’til esa 21-martdan boshlanadi va 7 kalendar kun davom etadi.
IV chorak darslari 28-mart kunidan boshlanadi.
Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, maktablarda bahorgi ta’til — 21-martdan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.
Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
- Muhim eslatma: “2025-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolanib, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansa, ta’til kunlarida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Ammo katta ehtimol bilan, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanishi maktabdagi ta’til kunlariga ta’sir qilmaydi. Agar qo‘shimcha dam olish kunlari maktablardagi dars jarayoniga to‘g‘ri kelib qolsa, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ta’til kunlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq joriy yilda maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri kelib, IV chorak 28-mart kunidan boshlanishi kerak, ammo...
So'ragan edingiz
14-yanvar kuni o‘qishmi yoki dam olish kunimi?
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz?
Yangiliklar
1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi
Ta’til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi mustaqil ravishda belgilanadi.
Yangiliklar
Qishki ta’til oldidan ota-onalar ogohlantirildi
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ota-onalarga murojaat bilan chiqdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang