Top.Mail.Ru
O‘quvchi qiz sinfdoshini qo‘rqitish uchun maktabga pichoq olib keldi

O‘quvchi qiz sinfdoshini qo‘rqitish uchun maktabga pichoq olib keldi

20:30 / 15.03.2025 67

Buxorodagi qator maktablarda o‘quvchilarining sumkalaridan sovuq qurollar (pichoq, qaychi, kastet) va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi vositalar topildi. Bu haqda Xabar.uz nashri ma’lum qildi.



Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i, kapitan Murodjon Rahmatulloyev ma’lum qilishicha, Buxoro shahridagi maktablardan birining 11-sinfida o‘quvchi qizning otasiga nisbatan MJTK 47-moddasi qo‘llanilgan. 


Holatga ko‘ra, o‘quvchi qiz o‘zi bilan kelishmaydigan sinfdoshini qo‘rqitish maqsadida uyidagi oshxona pichog‘ini yashirincha sumkasida maktabga olib kelgan. Xuddi shunday holat Jondor tumanidagi maktabda ham sodir bo‘lgan.

 Oshxona pichog‘ini nega o‘zing bilan maktabga olib kelding?

– Oldindan kelisholmay keladigan sinfdoshim bor, o‘shani qo‘rqitish uchun...

Milliy gvardiya leytenanti o‘quvchi qizning onasi bilan yuzlashadi.

– Qizim bu pichoqni charxlatish uchun olib kelgan, uqdilaringmi, nima deysanlar?! — po‘pisalanadi u xizmat xodimlariga.
“To‘g‘risi, o‘quvchi qizlarning ko‘zlarida hadik yo‘q, aksincha, tajovuzkorlik aks etib turardi. Bunday vaziyatda o‘quvchilar o‘rtasidagi ichki nizo ko‘ngilsiz oqibatlarni keltirmasligiga hech qanday kafolat yo‘q.

Qiz hech ikkilanmay qilmishini tan oldi va uni ochiqladi. Biroq uning onasi bilan suhbatda kattalarning bola tarbiyasi borasidagi majburiyatlarini bajarishmayotgani shundoq ko‘rinib  turardi”, — dedi katta leytenant Nargiza Ashurova.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Jinoyatchilik

Ulashish