Majburiy ovoz to‘plangan maktablar “Open Budjet”dan chetlatiladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet” loyihasida majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatilishini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 37-maktabda majburiy ovoz berish holatlari yuzasidan xabarlar tarqaldi. Mazkur holatlar tegishli vakolatli organlar tomonidan o‘rganilib, haqiqatan ham ushbu maktabda xodimlar majburiy ovoz berishga jalb etilgani tasdiqlangan.
Shu munosabat bilan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mazkur maktabda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yuzasidan tegishli tuman Xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuborilganligini ma’lum qildi.
“Tashabbusli budjet” jarayoni doirasida majburiy ovoz berishga jalb etish — majburiy mehnat sifatida tasniflanishi belgilangan. Agar Siz ovoz to‘plashga majburlash holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 71 200-06-00 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi vazirlik rasmiy bayonotida.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari jinoyat ustida qo‘lga olindi

O‘quvchilar uchun yangi olimpiada tashkil etilib, g‘oliblar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da qatnashib, mashina yutib oldi
Mavzuga doir yangiliklar

“Open Budjet” mashmashasi: O‘zlari majburlab, o‘zlari jazolashmoqda
So‘nggi kunlarda pedagog xodimlar va o‘quvchilarning “Open Budjet” uchun ovoz yig‘ish ishlariga majburiy jalb qilinishi yana kun tartibiga chiqdi.

“OpenBudjet” uchun o‘qituvchilardan pul yiqqan direktor ishdan olingan
“OpenBudjet”da ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qilingan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ma’lum qildi.

Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Loyihaning joriy yilgi mavsumi dekabr oyida o‘tkazilishi belgilangan

"Mening bog'cham" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi
15-oktyabr soat 10:00 dan ovoz berish berish jarayoni boshlandi
Izohingizni tahrirlang