Top.Mail.Ru
Endilikda har oyda o‘qituvchilarga xorijga sayohat yo‘llanmasi beriladi

Endilikda har oyda o‘qituvchilarga xorijga sayohat yo‘llanmasi beriladi

07:53 / 19.03.2025 6.93k

Unitur hamda “Profi” ta’lim muassasalari tarmog‘i asoschisi Bektosh Xatamov har oyda bir nafar o‘qituvchiga xorijga sayohat qilishi uchun yo‘llanma berilishini ma’lum qildi.

“Ota-onam o‘qituvchi bo‘lishgani uchun va o‘zim ham ta’lim sohasida ancha yillardan beri faoliyat yuritayotganim uchun o‘qituvchilikning mehnatini juda yaxshi anglab yetganman. 

Tinimsiz mehnat, asosiy ishdan tashqari ishlarni bajarish, ota-onalar bilan ishdan keyin ham muloqot qilish, har bir bolaning ko‘ngliga yo‘l topa olish, yana hammasidan orttirib o‘z farzandingga ta’lim tarbiya berish juda mashaqqatli ish. 



Men buni o‘z tanamda his qilganman, bolaligimda biz uchun biror chet elga borib dam olish ushalmas orzuday tuyular edi. Bugun esa istalgan paytda sayohat qilishga imkoniyatim bor va buning ustiga xabaringiz bor, yaqinda tur kompaniya ham ochdik, borgan sari mijozlar oqimi ortib bormoqda va bu bizni juda xursand qiladi va yanada kattaroq mas’uliyat yuklaydi. 

Shunday imkoniyatdan foydalanib, har oyda bir marta bir o‘qituvchiga ma’lum bir davlatga sayohat yo‘llanmasi sovg‘a qilishga qaror qildik. 

Men o‘zi biror tur kompaniyani qandaydir foyda qilishdan ham oldin ko‘proq insonlarni sayohat qilish “kasalligiga” mubtalo qilish uchun ochganman. Yana ham aniqrog‘i, agar o‘qituvchilar dam olsa, yana ham maza qilib yuboraman. 

Chunki o‘qituvchining dam olishi jamiyat farzandlarining yanada yaxshiroq bilim olishi uchun eng yaxshi sabab deb hisoblayman”, deydi Bektosh Xatamov.

Xo‘sh, sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun nima qilish kerak?


  • O‘zbekiston ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lishingiz;


  • Unitur kompaniyasining Telegram hamda Instagram'dagi sahifalarini kuzatib borishingiz va tarmoqda faol bo‘lishingizning o‘zi yetarli. 


Bunda har oy Unitur kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xorijga sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan o‘qituvchining ismi, familiyasi e’lon qilib boriladi.


Bunday ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Izohlar 5

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Reklama huquqi asosida
  • Imtiyoz

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Buvayda tumanida 400 o‘quvchiga mo‘ljallangan fan olimpiadalari markazi qurildi

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida bir vaqtning o‘zida 400 nafar o‘quvchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan Olimpiada markazi qurib bitkazildi.

11:27 / 20.10.2026
So'ragan edingiz

Xususiy maktabda ishlaydigan pedagoglarning oliygohda o‘qiydigan farzandiga ham 30 foizlik chegirma beriladimi?

Ushbu chegirmadan davlat oliy ta’lim tashkilotida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari) bazaviy to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar foydalana oladi.

13:55 / 19.10.2026
So'ragan edingiz

Direktor o‘rinbosarlari pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik chegirmadan foydalana olmaydimi?

Mazkur imtiyozdan taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatiga kiritilgan lavozimlarda kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar foydalana oladi.

17:45 / 16.10.2026
So'ragan edingiz

Pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasi: undan qanday foydalanish mumkin?

Texnik ishlar yakunlanib, 2026-yil 14-oktabrdan boshlab pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasi uchun arizalar qabuliga start berildi.

09:33 / 15.10.2026