Menejerlik kursida o‘qigan 379 nafar direktor sertifikat ololmadi

2025-yil 9-aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 2024-yildagi faoliyati natijalari va istiqboldagi rejalar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda yangi tartibda tashkil etilgan malaka oshirish tizimi, menejerlik o‘quv kurslari, shuningdek, PISA xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
Menejerlik o‘quv kurslari
Matbuot anjumanida aytilishicha, 2024-yilda menejerlik o‘quv kursida 1613 nafar direktorlikka nomzodlar va 1093 nafar amaldagi maktab direktorlari 144 soatlik kurslarda o‘qitilgan.
Nomzodlarning 1160 nafari, amaldagi maktab direktorlarining esa 714 nafari menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan. Ya’ni, 379 nafar maktab direktori, 453 nafar nomzodlar menejerlik sertifikatini ololmagan.
Shuningdek, 2025-yilda menejerlik kursi doirasida 3500 nafar, shundan, 2000 nafar amaldagi maktab direktorlari hamda 1500 nafar direktorlikka nomzodlar o‘qitilishi rejalashtirilganligi aytildi.
Pedagoglar malakasini oshirish
Matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori bilan “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi yangi Nizom tasdiqlaganligi ham eslatib o‘tilib, pedagog xodimlarning har 5 yilda belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirishi majburiy etib belgilaganligi aytildi.
Endilikda, malaka oshirish kursida o‘qigan pedagoglar kurs yakunida uning dasturiga kiruvchi fanlar bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘zlashtirish darajasini baholash usuli, ya’ni yakuniy nazorat sinovi ham topshirishi kerak bo‘ladi.
Bunda malaka oshirish kursi tinglovchisi kursning o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha nazorat (oraliq, yakuniy) turlarida ijobiy natija ko‘rsatsa, kursning o‘quv dasturi to‘liq o‘zlashtirilgan hisoblanadi.
Oraliq nazoratlarda yetarli ball to‘play olmagan tinglovchiga kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti rahbari ruxsati bilan (bir kundan so‘ng) qayta topshirishga imkoniyat beriladi. Oraliq nazorat topshiriqlarini bajarmagan tinglovchilar yakuniy nazoratga qo‘yilmaydi.
Malaka oshirish kursining yakuniy nazoratida tinglovchi ijobiy natijaga erishmaganda, ikki oy ichida bir marta kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotida tuzilgan yakuniy nazoratni o‘tkazadigan komissiyaga qayta topshirish imkoniyati beriladi.
Malaka oshirish kursining yakuniy attestatsiyasi yakuniy nazorat sinovi va ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha topshiriqlarni bajarishdan iborat malaka ishini baholash shaklida o‘tkaziladi.
Malaka oshirish kursining yakuniy attestatsiyasida tinglovchi ijobiy natijaga erishmaganda ikki oy ichida bir marta kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotida tuzilgan yakuniy attestatsiyani o‘tkazadigan komissiyaga qayta topshirishga imkon beriladi.
Amaliy fanlar (musiqa madaniyati, tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya fanlari) o‘qituvchilarining yakuniy attestatsiyasi yakuniy nazorat sinovi va tegishli fan bo‘yicha amaliy topshiriqlar shaklida o‘tkazilishi mumkin.
Malaka oshirish kursi dasturini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga kursni tashkil qilgan ta’lim muassasasi tomonidan davlat namunasidagi elektron generatsiya qilingan va elektron raqamli imzo (QR-kod) bilan tasdiqlangan hujjat (sertifikat) beriladi.
2025-yilda pedagoglar malakasini oshirish rejasi respublika bo‘yicha 116 081 nafar, shu jumladan Institutning o‘zida 5411 nafar pedagoglar malakasi oshirilishi reja qilinayotgani qayd etib o‘tildi.
Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik
Matbuot anjumanida 2024-yil 3-13-may kunlari PISA 2025 tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari tashkil etilib, 83 ta maktablardan 4 518 nafar o‘quvchilar ishtiroki ta’minlangani haqida ham ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda xalqaro tadqiqotning asosiy sinov jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rilayotgan bo‘lib, 233 ta maktablar ishtiroki ta’minlanishi belgilangan.
2024-yil 3–4-dekabr kunlari matematika, tabiiy fanlar, o‘qish savodxonligi va raqamli dunyoda o‘rganish yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli o‘quv kurslari tashkil etilib, unda hududiy boshqarmalar va pedagogik mahorat markazlarining 93 nafar mutaxassislari o‘qitildi.
Hozirda esa 4186 nafar o‘qituvchilar uchun 4 ta yo‘nalish bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro PIRLS 2026 tadqiqotida ishtirok etish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
PISA 2025 xalqaro tadqiqoti doirasida 233 ta maktablarning 9049 nafar o‘quvchilari, PIRLS 2026 xalqaro tadqiqoti doirasida tajriba-sinov jarayonlari o‘tkazilib, unda 30 ta maktabning 1350 nafar o‘quvchilari, 1350 nafar ota-onalar, 50 nafar o‘qituvchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Aprel oyidan boshlab PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov bosqichi boshlanadi

Endi zo‘ravon pedagoglarning ta’lim tizimida ishlashi taqiqlanishi mumkin

Deputatlar ham 5 kunlik o‘qish tizimi haqida gapira boshladi

Maktab hududida xavfli tarzda avtomobil boshqargan “zavxoz”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mavzuga doir yangiliklar

Oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun grantlar ajratiladi
O‘zbekiston hamda Italiya o‘rtasida maktabgacha ta’lim, o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvi hamda olimpiadalar bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi.

Maktabda ishlayotgan talabalar malaka oshirishga chiqishi kerakmi?
Men maktabda ishlayman va hozirda 2-kurs talabasiman. “Zavuch” malaka oshirishga borasiz deb aytyapti. Shu to‘g‘rimi? O‘qishni bitirgandan keyin bormaymanmi, malaka oshirishga?

Malaka oshirishga borgan o‘qituvchining ish haqi saqlanadimi?
Bunda xodimning o‘rtacha ish haqi saqlab qolinishi shart

Malaka oshirish davrida o‘qituvchiga sinf rahbarlik, daftar tekshirish va ustama pullari to‘lanadimi?
O‘qituvchilarning bir oylik malaka oshirish davri uchun oylik maoshi qanday to‘lanadi? O‘rtacha ish haqi saqlangan holda deyilgan, shu haqida tushuncha bersangiz.
Izohingizni tahrirlang