Yangi o‘quv yilidan musiqa va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat uchun ustama beriladimi?
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi amaliyotga joriy etish taklif etilmoqda.
Hujjat loyihasiga ko‘ra milliy baholash quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
- birinchi bosqich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari;
- ikkinchi bosqich – Madaniyat vazirligi va Sport vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan amaliy (ijodiy) imtihon.
Musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini aniqlash uchun tuziladigan test savollari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan, amaliy (ijodiy) imtihon materiallari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi va Sport vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Bunda musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar beriladi. Test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi.
Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining o‘rtacha natijasiga ko‘ra:
- 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;
- 65 — 69,9 ball olgan talabgorga A daraja;
- 60 — 64,9 ball olgan talabgorga B+ daraja;
- 55 — 59,9 ball olgan talabgorga B daraja;
- 50 — 54,9 ball olgan talabgorga C+ daraja;
- 46 — 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.
Sertifikat 3 yil muddatga beriladi. Bunda B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.
Eslatib o‘tamiz, qaror loyihasi muhokamasi joriy yil 13-mayga qadar davom etadi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Pedagoglar “Yil o‘qituvchisi” bo‘yicha appelyatsiya berolmayapti
Vazirlik tizimidagi Respublika tashxis markazi direktoriga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Maqola
Milliy sertifikat imtihonlari: nega o‘qituvchi va o‘quvchi bir auditoriyada?
Tasavvur qiling: bir maktabda dars beradigan o‘qituvchi va uning o‘quvchisi yonma-yon test ishlamoqda. Bu holat ikki tomon uchun ham psixologik bosim tug‘dirmaydimi?
Yangiliklar
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi.
So'ragan edingiz
Maktab o‘qituvchilarga ham milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiya beriladimi?
O‘qituvchilarga milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiyalar ajratilishi haqida eshitgandim. Bu maktab o‘qituvchilariga ham taalluqlimi?
So'ragan edingiz
Ikki yil avval malaka oshirgan o‘qituvchiga yangi o‘quv yiliga ustama uchun ball beriladimi?
2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar esa uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikati o‘z kuchida bo‘ladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang