Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimiga o‘tayotgan 13 ta oliygoh xodimlari ishdan bo‘shatiladimi?
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-73-sonli Farmoni bilan 13 ta oliy ta’lim muassasalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazilmoqda.
“Yuristkadr” loyihasi asoschisi, advokat Saydali Muxtoraliyev oliygoh xodimlari taqdir nima bo‘lishi haqida mehnat qonunchiligiga asoslangan holda tushuntirib berdi.
Mavjud holat Mehnat kodeksining 156-moddasi to‘rtinchi qismidagi “tashkilotning idoraviy taalluqliligi (bo‘ysunuvi) o‘zgarganligi” hisoblanadi.
Bunga ko‘ra, tashkilotning idoraviy bo‘ysunuvi o‘zgarganligi xodimlar bilan mehnat munosabatlarini bekor qilishga asos bo‘lmaydi. Barcha xodimlar va hatto rahbariyatgacha mehnat munosabatlari davom etaveradi.
Ayrimlar mavjud vaziyatni “tashkilot mulkdorining o‘zgarishi” deb tushunishi mumkin va ular MK 156-moddasi ikkinchi qismi va 489-moddasi birinchi qismi 1-bandiga asosan “tashkilot mulkdori o‘zgarsa, rahbarni, uning o‘rinbosarlari va bosh buxgalterlarni bemalol bo‘shatsa bo‘ladi” deb o‘ylashadi.
Lekin bu mutlaqo xato fikr bo‘ladi. 13 ta OTMning Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazilishi bu tashkilotlarning mulkdorlari almashishi hisoblanmaydi. Chunki, bu OTMlarning barchasi davlat tashkilotlari va ularning mulkdori bu yerda davlatning o‘zi.
Boshqa vazirlikka o‘tgani bilan, mulkdor sifatida davlat o‘zgargani yo‘q. Mabodo bu OTMlar xususiylashtirilsa va ularni xususiy mulkdorlar sotib olsa, ana o‘shandagina mulkdor almashishi yuz berishi mumkin.
Hozir esa shunchaki OTMlarning bo‘ysunuvi o‘zgarmoqda xolos va bu vaziyatda oddiy xodimlardan tortib, rektor va prorektorlargacha o‘z ishini davom ettiraveradi.
Eslatib o‘tamiz, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etilib, Universitet pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti sifatida ta’lim dasturlarini xalqaro tajriba asosida transformatsiya qilish jarayonlarini muvofiqlashtirishi belgilandi.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimi joriy etildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Pedagoglar “Yil o‘qituvchisi” bo‘yicha appelyatsiya berolmayapti
Vazirlik tizimidagi Respublika tashxis markazi direktoriga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni berildi
Qimor o‘ynagan MMTB boshlig‘i va direktorlar jarimga tortildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
MMTVga bo‘ysinadigan oliygohlarda “Qalqon” patrullari tashkil etiladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 23-fevraldagi 76-sonli buyrug‘i bilan pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida “Qalqon” patrullarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Yangiliklar
Oliygohlarda “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi
2026-yildan har yili startap loyihaga aylantirish salohiyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarni aniqlash bo‘yicha “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi.
Yangiliklar
Ta’lim tizimi xodimlariga har 5 yillik ish staji uchun 2 kun qo‘shimcha ta’til beriladi
Mehnat ta’tili va qo‘shimcha ta’til berishda Tarmoq kelishuviga rioya etilmasa, bu qonun buzilish sifatida baholanadi va ish beruvchi uchun javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi qonunbuzilish murojaatlari soni bo‘yicha “yetakchi” sohalardan biri deb topildi
Qonunbuzilish holatlari yuzasidan eng ko‘p murojaatlar bo‘yicha maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasalar ikkinchi o‘rinni — qurilish tashkilotlaridan keyingi, tibbiyot muassasalaridan oldingi o‘rinni egallagan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang