Issiq ob-havo sabab Qoraqalpog‘istondagi ayrim bog‘chalar yopiladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumani hokimining qarori bilan joriy yilning 16-18-iyul kunlari ob-havoning +40 darajadan yuqori bo‘lishi sababli tuman hududidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Xo‘jayli tumani hokimligining rasmiy Telegram sahifasida ma’lum qilindi.
Avvalroq, “O‘zgidromet” joriy yilning 17-19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotgani haqida ogohlantirgandi.
17-iyulda respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 18–20-iyul kunlarida hududning katta qismida havo harorati +40...+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +44...+45 darajagacha ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda respublikaning barcha hududlarida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yozgi to‘garaklar faoliyati ham davom ettirilmoqda.
Bundan avvalgi anomal issiq paytda ham mazkur yozgi to‘garaklar faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ko‘rsatma berilmagan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydimi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish borasidagi ayrim ma’lumotlarni ochiqladi.
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Yangiliklar
Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi
60 ta bog‘chaning oshxonasi ta’mirtalab holda ekani, suv ta’minotida uzilishlar borligi, qo‘l yuvish uskunalari yetarli darajada jihozlanmagani ma’lum bo‘ldi.
Yangiliklar
Jizzaxdagi bog‘chada zaharlangan bolalardan 4 nafari shifoxonada qolmoqda
Bolalar ombudsmani 1,3,5 va 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, monitoring o‘rganishi o‘tkazdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang