Xorijiy til o‘qituvchilariga B2 sertifikati uchun avgust oyida qo‘shimcha imtihon o‘tkaziladigan bo‘ldi

B2 sertifikati mavjud bo‘lmagan o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish haqidagi ko‘rsatmalardan so‘ng, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga rasmiy javob xati yo‘llagandi.
Unda o‘quvchilarga sifatli ta’lim berilishi va til bilish ko‘nikmalarini lozim darajada egallashlari uchun ularga ta’lim beradigan pedagoglarning bilim darajasi (shu bilan birga til bilish darajasining asosi sifatida tegishli sertifikatga ega bo‘lishi) yetarli bo‘lishini ta’minlash maqsadida chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlarini avgust oyida ham tashkil etish reja qilinayotgani aytilgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yil sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari avgust oyida ham o‘tkazilishi belgilandi.
Navbatdan tashqari tashkil etilayotgan avgust oyidagi imtihonda ingliz, nemis, fransuz tillaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
Bunda pedagoglar 15–18-avgust kunlari my.gov.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, 19-avgust kuni tegishli to‘lovlarni amalga oshirib, 28-avgust kuni imtihonlarda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlariga qulay hududni tanlab, imtihonda aynan shu hududda ishtirok etishlari mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Toshkentda maktab avtobuslarini ishga tushirish taklif qilindi

Bugundan boshlab maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat yuzasidan reydlar boshlanadi

“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish haqida ko‘rsatma bermaganmiz” — vazirlik

Vazirlikni sudga bergan o‘qituvchilarga bosim bo‘lgani aytilmoqda, ular da’vo arizasini qaytarib olmoqchi
Mavzuga doir yangiliklar

“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish haqida ko‘rsatma bermaganmiz” — vazirlik
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xorijiy til o‘qituvchilariga 2025/2026-o‘quv yiliga qadar B2 darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lish lozimligi haqida qat’iy ogohlantirish bergandi.

Sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga ogohlantirish berish boshlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu safar masalaga yanada qat’iy yondashayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Xorijiy til o‘qituvchisining malaka toifasi bo‘lsa ham, lekin B2 sertifikati bo‘lmasa ishdan bo‘shatiladimi?
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi
Bilimlarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan ingliz tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonining yosh bo‘yicha mutlaq rekord Kozim Baxtiyraovga tegishli.
Izohingizni tahrirlang