Maktabda obuna va majburiy mehnat aniqlansa, direktor ishdan ketadi – Sirdaryo hokimi
Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ta’lim tizimidagi majburiy mehnat va obuna masalalariga keskin munosabat bildirdi. Hokimning ta’kidlashicha, maktablarda bunday holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Hokim endilikda shu kabi holatlarga yo‘l qo‘ygan direktorlar ishdan olinishini aytib, majburiy mehnat va gazeta obunasiga rozi bo‘lgan o‘qituvchilarning o‘zi ham direktor bilan birga ishdan ketishini aytdi.
“Majburiy mehnat mutlaqo mumkin emas. O‘qituvchilarga mana shu shuning uchun ham aytyapman, ertaga fursatdan foydalanib bir narsani aytmoqchimanki, bironta maktabda agar majburiy mehnat bo‘ladigan bo‘lsa, avtomatik tarzda direktor ishdan olinishi kerak.
Shu majburiy mehnatga chiqqan odamni ham ishdan olish kerak. Chunki, uni majburlab chiqargan bo‘lsa, hech qanaqa huquqi yo‘q bo‘lsa, chalasavod bo‘lsa, ko‘r mulla bo‘ladigan bo‘lsa-yu, uni chiq desa chiqib ketaversa, u qanaqa o‘qituvchi bo‘ladi?
Shuning uchun har bitta holatga jiddiy e’tibor qaratish kerak. Mana ikkinchi masala, meni qiynaydigan narsa – obuna masalasi. Birorta o‘qituvchi obuna bo‘ladigan bo‘lsa, o‘sha maktab direktorini ishdan olaman. O‘qituvchi! Birorta gazetaga! Hamma bilib olsin. O‘sha paytida ishdan olaman.
Obuna bo‘ladigan bo‘lsangiz, o‘zingiz obuna bo‘ling, bitta gazetaga. Ana “zamdirektoringiz” bor, to‘rttami, beshtadan. Ana “zavxozingiz” bor, o‘qituvchiga teginmang”, - degan hokim.
Izohlar 6
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazirlik “Yil o‘qituvchisi” natijalari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng TRMga yangi direktor tayinlandi
Vazirlik huzuridagi Baholash markazi ingliz tili o‘qituvchilarini yuzma-yuz muhokamaga taklif qildi
Vazir E’zoza Karimova YUNESKO 43-sessiyasi doirasida bir qator Ta’lim vazirlari bilan uchrashdi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bugundan boshlab maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat yuzasidan reydlar boshlanadi
Respublika bo‘yicha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida “Majburiy mehnatga qarshi kurashish haftaligi” e’lon qilindi.
Yangiliklar
O‘zbekiston bolalar mehnatiga butunlay barham bergan davlat sifatida e’tirof etildi
Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyada bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi model sifatida e’tirof etildi.
Taklif
O‘qituvchi cho‘ntagidagi pullar hisobiga kun ko‘rayotgan “gazeta va jurnallar” faoliyati taftish qilinishi kerak
Qo‘pol qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilgan taqdirda tahririyat faoliyatini to‘xtatish lozim
Yangiliklar
O'qituvchilar yana paxta dalasiga qaytmoqda...mi?
Ota-onalarni paxta yig‘im-terimiga jalb qilish uchun pedagoglarga topshiriqlar berilmoqda
O'zbek
Izohingizni tahrirlang