Aholini ro‘yxatga olishga jalb qilingan o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda pedagog xodimlarni aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb qilinayotganligi, xususan sinf rahbarlariga har bir o‘quvchining ota-onalarini ro‘yxatdan o‘tkazib, sertifikat olib berishi to‘g‘risida topshiriqlar berilganligi haqida xabarlar e’lon qilib borilmoqda.
Xo‘sh, o‘qituvchilarning bu ishlarga jalb qilinishi qonuniymi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraligacha aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxatga olish ishlari “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Shuningdek, Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasiga ko‘ra, pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlangan.
Ammo, mazkur moddaning 10-xatboshiga ko‘ra, pedagogni uning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarga, ya’ni aholini ro‘yxatga olish ishlarida ko‘maklashishga jalb qilish uning roziligiga ko‘ra, u bilan tuzilgan shartnomaga asosan, qo‘shimcha haq to‘lash evaziga, ishdan bo‘sh vaqtida yoki ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlangan holda amalga oshirilishi mumkin.
E’tibor bering, pedagoglar aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb qilingan taqdirda birinchi navbatda pedagogning o‘zi bunga rozilik bildirishi, shuningdek, u bilan alohida shartnoma tuzilib, qo‘shimcha haq to‘lanishi shart.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda
Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat joriy etildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘qituvchilardan yashash xonadonini suratga olib yuborish talab qilinmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan “Eng namunali xonadon” tanlovi yuzasidan turli xabarlar tarqalmoqda. Xususan, o‘qituvchilardan tanlovda ishtirok etish uchun o‘z uylarining turli qismlarini suratga olib yuborish talab qilinayotgani aytilmoqda.
Ta'lim siyosati
O‘qituvchilar navbatchiligi yoxud qonunga kiritilmay qolgan norma
Pedagoglar navbatchiligi masalasi vaqti-vaqti bilan muhokamalarga sabab bo‘ladigan mavzulardan biri hisoblanadi.
Yangiliklar
O‘quvchilarni maktab hududini obodonlashtirishga jalb qilgan direktorga 20 mln so‘m jarima solindi
Olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarga go‘yoki tarbiyaviy jazo chorasi deb majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgan.
Yangiliklar
Maktabda obuna va majburiy mehnat aniqlansa, direktor ishdan ketadi – Sirdaryo hokimi
Sirdaryo hokimi bunda direktor bilan birga majburiy mehnatga rozi bo‘lgan o‘qituvchi ham ishdan olinishini aytdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang