Pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lashdagi muammolar ijobiy hal etilmoqda
Farg‘ona viloyatidagi ayrim hududlarda 70 foizlik ustama belgilangan pedagoglarga mazkur ustamalarni to‘lab bermaslik holatlari qayd etildi. Mazkur muammo esa xalqtaliminfo.uz hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi aralashuvidan keyin ijobiy hal etildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF–79-son Farmoni 3-bandi 10-xatboshida xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilab berilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 48-bandida pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifalari berish tizimi xalqaro e’tirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan o‘tkazilgandan so‘ng attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama belgilanishi hamda ustamaning amal qilish muddati ikki yil bo‘lib, muddat yakunlangandan so‘ng ustama uchun sinovlarda qayta ishtirok etish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shunga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylarida o‘tkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalariga ko‘ra 4 199 nafar pedagoglar 86 va undan yuqori ball to‘plab, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) bo‘lib, ularning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama belgilangan.
Ammo, ayrim hududlarda 70 foiz ustama tayinlangan pedagog kadrlarga mazkur ustamalarni to‘lab bermaslik holati bo‘yicha xalqtaliminfo.uz’ga Farg‘ona viloyati Toshloq tumani pedagoglaridan murojaat kelib tushdi.
Mazkur ustamalarni to‘lab berish yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hududiy boshqarma boshliqlariga alohida ko‘rsatma berilgan bo‘lsa-da, lekin Toshloq tumani pedagoglariga ushbu ustamalar to‘lab berilmagan.
Shu sababli, mazkur murojaat O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashiga yo‘naltirildi. Shundan so‘ng, holat O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshloq tumani bo‘linmasi tomonidan o‘rganilib, o‘qituvchining muammosi ijobiy hal etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi kunda pedagog xodimlarning ma’lumotlarini ERP dasturi bilan integratsiya qilish holatlari to‘liq yakuniga yetmaganligi sababli, ushbu jarayonlar 2025-yil sentyabr oyida to‘liq yakunlanib, tumandagi 11 nafar pedagoglarning avgust oyidagi 70 foizlik ustamalari sentyabr oyi ish haqlariga qo‘shib to‘lab beriladi.
Izohlar 18
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda
Bog‘cha tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi dori ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi
2026-2027-o‘quv yilida 40 foizgacha ustama oladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekistonda tennisni maktabdan boshlab ommalashtirishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
2026-2027-o‘quv yilida 40 foizgacha ustama oladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
2026-yil 23-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirrining 359-sonli buyrug‘i bilan rahbar va pedagog kadrlarga ustama toʻlanadigan 601 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari ro‘yxati tasdiqlandi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchi ta’tilda bo‘lgan davri uchun ham sertifikat uchun ustama to‘lab beriladimi?
Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.
“Qizil” maktabda ishlayotgan o‘qituvchining shartnoma muddati tugasa nima bo‘ladi?
Shartnoma belgilangan talablarga mos tushmasa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb topiladi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlashning to‘liq tartibi qanday?
Pedagog xodimlar ish faoliyati 9 ta mezon bo‘yicha, jami 100 ballik tizimda baholanadi. Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga ustama haq belgilanadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang