Jizzaxdagi bog‘chada zaharlangan bolalardan 4 nafari shifoxonada qolmoqda
Avvalroq, Jizzax viloyatining Forish tumanidagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1, 3, 5 va 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 37 nafar tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangani haqida xabar berilgandi.
Bolalar ombudsmani 1, 3, 5 va 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, monitoring o‘rganishi o‘tkazdi. Mazkur holatni o‘rganish uchun Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning shaxsan o‘zi Jizzaxga yetib bordi.
Monitoring o‘rganishida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi mas’ullari hamda Forish tumani hokimi o‘rinbosari qatnashdi.
Bolalar salomatligi buzilishi kuzatilgan bog‘chalarning barchasida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishga oid belgilangan standartlarga rioya etish shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi, tegishli hujjatlar o‘rganildi.
Ma’lum qilinishicha, o‘rganish davomida qator kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilgan.
Bolalar ombudsmani monitoring davomida Forish tumani Tibbiyot birlashmasi Bolalar bo‘limida bo‘lib, 9-10-oktyabr kunlari sog‘lig‘idan shikoyat bilan murojaat etgan bog‘cha tarbiyalanuvchilarni davolash jarayoni va holatga oid hujjatlarni o‘rgandi.
10-oktyabr kechki soat 21:00 holatiga tuman tibbiyot birlashmasida 4 nafar bola ( 4-6 yoshdagi 2 nafar qiz, 2 nafar o‘g‘il) shifokorlar kuzatuvida bo‘lib, ularga barcha zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. Bolalar ahvoli qoniqarli, og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q.
Bolalar ombudsmanining ta’kidlashicha, mazkur vaziyatda bola huquqlari buzilishi yuzasidan vakolatli yuqori tashkilotlarga tegishli ta’sir hujjati kiritiladi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi
Endi o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar sudlanmagan hisoblanadi
O‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi
O‘qituvchilar mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqiga nisbatan kamroq maosh olmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi
60 ta bog‘chaning oshxonasi ta’mirtalab holda ekani, suv ta’minotida uzilishlar borligi, qo‘l yuvish uskunalari yetarli darajada jihozlanmagani ma’lum bo‘ldi.
Yangiliklar
Bog‘cha bolalari ommaviy zaharlandi, vazir holatni shaxsan nazoratga oldi
24-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir necha maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangani haqida xabar tarqaldi.
Yangiliklar
Yana bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlandi
Jizzax viloyatining Forish tumanidagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1, 3, 5 va 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 37 nafar tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangani ma’lum bo‘ldi.
Yangiliklar
Maktabdagi bo‘sh yerlar bog‘cha qurmoqchi bo'lgan tadbirkorlarga 30 yilga bepul foydalanishga beriladi
Maktablarning bo‘sh yerlarida xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi. Bunda tadbirkorlardan yer uchun ijara haqi 30 yil davomida undirilmaydi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang