Pedagoglarga bayram kunlari uchun oylik to‘lanmaydimi?
Savol
Yangi yil bayrami munosabati bilan pedagog xodimlar ketma-ket 5 kun dam olar ekan. Endi shu dam olish kunlari hisobiga dekabr va yanvar oyidagi maoshimiz kamayadimi?
Javob
Bugungi kunda juda ko‘p pedagog xodimlardan Yangi yil bayrami arafasidagi dam olishlar hisobiga oyliklar kamayadimi, degan savollar kelmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qaror bilan:
- 2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31-dekabr – chorshanba;
- 2026-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 2-yanvar – juma, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 3-yanvar – shanba dam olish kunlari etib belgilandi.
Dam olish kunlari quyidagicha belgilandi
- 31-dekabr (chorshanba);
- 1-yanvar (payshanba);
- 2-yanvar (juma);
- 3-yanvar (shanba);
- 4-yanvar (yakshanba).
Mehnat kodeksining 249-moddasi 4-qismiga ko‘ra, xodimlar mehnatiga vaqtbay, ishbay yoki mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa mezonlarga ko‘ra haq to‘lanadi.
Bunda mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimida qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga oylik ish haqlari kamaymaydi. Masalan, o‘qituvchi 1 oy davomida 22 ish kuni ishlaydimi yoki 20 ish kuni ishlaydimi, uning oylik ish haqi kamaymaydi.
Soatbay ishlaydigan pedagoglarning ish haqi-chi?
Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida esa qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga oylik ish haqlari kamayishi mumkin. Chunki bunda xodimlarga ishlab berish normalaridan (vaqt normalaridan) kelib chiqqan holda haq to‘lanadi.
Mehnat kodeksining 277-moddasiga ko‘ra, mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida narxlar belgilangan ish razryadlaridan, mehnatga haq to‘lash razryadlaridan, tarif stavkalaridan (maoshlardan) va ishlab berish normalaridan (vaqt normalaridan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ishbay narx bajariladigan ishning razryadiga muvofiq bo‘lgan kunbay tarif stavkasini yoki soatbay tarif stavkasini kunbay yoki soatbay ishlab berish normasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Ishbay narx bajariladigan ishning razryadiga muvofiq bo‘lgan kunbay tarif stavkasini yoxud soatbay tarif stavkasini belgilangan kunbay yoki soatbay vaqt normasiga ko‘paytirish yo‘li bilan ham aniqlanishi mumkin.
Kunbay tarif stavkasi (maosh) yoki soatbay tarif stavkasi mehnatga haq to‘lashning razryadiga muvofiq bo‘lgan oylik tarif stavkasini yoki lavozim maoshini ish kunlarining yoxud ish soatlarining oylik normasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Masalan, ta’lim sohasida soatbay ish haqi o‘qituvchi tomonidan o‘tilgan dars soatlari miqdori bilan bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni, soatbay dars o‘tadigan o‘qituvchilarning ish haqi o‘tilgan dars soatlari miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham soatbay dars o‘tadigan o‘qituvchilarning maoshlari qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga kamayishi mumkin.
Izohlar 9
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ta’lim sohasi oylik ish haqi bo‘yicha boshqa sohalardan ortda qolishda davom etmoqda
Ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 372,0 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi oliy ta’lim sohasida 10 159,5 ming so‘mni tashkil etgan.
So'ragan edingiz
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 70% ustama to‘liq to‘lanmaydimi?
70 foizlik ustama ularning tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha ravishda to‘lab berilishi kerak bo‘ladi.
Yangiliklar
Endi maktabdagi rahbar xodimlar oylik maoshini yana oshirishi mumkin
Maktab direktori va uning o‘rinbosarlari faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarining (KPI) baholash metodikasi va tartibi belgilandi.
So'ragan edingiz
2026-yilda o‘qituvchilar maoshi ikki baravar oshiriladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda pedagog xodimlar oylik maoshi 2026-yilda ikki baravar oshirilishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu xabarlar qanchalik asosli?
O'zbek
Izohingizni tahrirlang