Top.Mail.Ru
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi

2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi

22:32 / 29.12.2025 44

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, 2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onalari ma’muriy javobgarlikka tortildi.


Shuningdek, maktab rahbariyati, mahalla faollari hamda ispektor-psixologlar bilan birgalikda 265 ming nafardan ortiq o‘quvchi va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi.


2025-yil 7-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Mahallalar uyushmasining 0806/17-sonli qo‘shma qarori imzolangandi.


Unga ko‘ra, surunkali (muntazam) dars qoldiruvchi o‘quvchilarning ota-onasiga “Mahalla yettiligi” a’zolarining biri tomonidan ikki marotaba rasmiy ogohlantirish xati taqdim etilib, o‘zgarish bo‘lmagan hollarda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga muvofiq ota-onani (ularning o‘rnini bosuvchi shaxsni) javobgarlikka tortish chorasi ko‘rilishi belgilangan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Davomat

Ulashish