Vazir E’zoza Karimova attestatsiyaga bordi, endi tizim o‘zgaradimi?
Xabaringiz bor, joriy yilning 18-aprel kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova attestatsiya jarayonlarini ko‘zdan kechirish uchun Toshkent shahridagi test o‘tkazilayotgan manzilga borgandi. Vazir u yerda attestatsiya tizimidan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilar bilan suhbatlashgani haqida avvalroq xabar bergandik.
Masalaga boshqa tomondan qaraydigan bo‘lsak, E’zoza Karimova attestatsiya jarayonlarini ko‘zdan kechirish uchun borib, hali birorta vazir qilmagan ishni amalga oshirdi.
Vazirning attestatsiya jarayonlariga shaxsan borishini oddiy tashrif emas, balki tizim uchun muhim ishora sifatida baholash mumkin. Chunki ta’lim tizimida, ayniqsa, o‘qituvchilar attestatsiyasi kabi keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan jarayonlarda yuqori darajadagi rahbarning bevosita ishtiroki kamdan-kam uchraydigan holat hisoblanadi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, E’zoza Karimovaning bu qadamini muammolarni quyi qatlamga tushib ko‘rish, o‘qituvchilarning kayfiyatini bevosita bilish va vaziyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushunishga urinish deb baholash mumkin.
Ammo, masalaga faqat mana shu tashrifning o‘zi orqali baho berish biryoqlama yondashuv bo‘lib qoladi. Hozircha bu tashrif qanday tizimli o‘zgarishlarga olib keladi yoki olib kelmaydi, degan savolga aniq javob berish qiyin. Chunki, so‘nggi yillarda attestatsiya tizimi atrofida kechayotgan noroziliklar tasodif emas, balki tizimli muammolar natijasida yuzaga kelgan.
Xususan, 2023-yildan boshlab o‘qituvchilar tomonidan test savollarining murakkabligi, baholash mezonlarining shaffof emasligi, texnik nosozliklar, test jarayonidagi tashkiliy kamchiliklar kabi muammolar muntazam ravishda ko‘tarila boshlagan.
Masalaning, e’tiborli jihati shundaki, avvalgi vazirlar davrida attestatsiya tizimi asosan markazlashgan boshqaruv orqali nazorat qilingan va joylardagi real jarayonlardan yuqori darajadagi rahbarlar uzilib qolgan. Karimovaning tashrifini esa aynan shu yondashuvni qisman o‘zgartirishga urinish sifatida ko‘rish mumkin. Ya’ni, bu kabinetdan chiqib, tizimning ichiga kirish harakati hisoblanadi.
Shu bilan birga, bunday tashriflar ko‘pincha ikki xil natijaga olib keladi: yoki ular real islohotlar uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanadi, yoki faqat kommunikativ effekt bilan cheklanib qoladi. Agar vazir o‘qituvchilar bilan uchrashuvda bildirilgan e’tiroz va takliflarni tizimli tahlil qilib, ularni siyosiy qarorlar darajasiga olib chiqolsa, bu haqiqatan ham “yaxshi signal” bo‘ladi. Aks holda, bu tashabbus ham qisqa muddatli harakat bilan cheklanib, amaliy natija bermasligi mumkin.
Bu yerda yana bir muhim jihat bor: ishonch masalasi. So‘nggi yillardagi noroziliklar o‘qituvchilarning faqat attestatsiya tizimidan emas, balki umumiy boshqaruv yondashuvidan ham noroziligini ko‘rsatadi. Vazirning bevosita borib, o‘qituvchilar bilan gaplashganini esa aynan shu ishonchni qayta tiklash yo‘lidagi kichik, lekin muhim qadamlardan biri sifatida ko‘rish mumkin. Chunki tizimdagi islohotlar faqat normativ hujjatlar bilan emas, balki ishonch va muloqot orqali ham amalga oshadi.
Xulosa qilib aytganda, E’zoza Karimovaning attestatsiya jarayonlarini kuzatish uchun shaxsan borganini ijobiy signal deb aytish mumkin. Ammo bu harakatlarning haqiqiy samarasi vazirlik tomonidan qanday qarorlar qabul qilinishi va qanday o‘zgarishlar amalga oshirilishiga bog‘liq.
Izohlar 26
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yili uchun “qizil” toifadagi maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Oradan 4 yil o‘tib, ta’lim vaziri parlamentga hisob berdi
2022-yildan buyon vazirning shaxsan o‘zi Qonunchilik palatasida o‘tkaziladigan “hukumat soati”da ishtirok etmay kelayotgandi.
Ta'lim siyosati
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkazish tashabbusi bo‘yicha xavotirlar
Mazkur loyihaning qabul qilinishi pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirmaydi, balki yangi muammolar va yuridik kolliziyalarni yaratish orqali ortga tortadi.
Yangiliklar
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Bunda oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat bosqichining pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini yagona metodologik yondashuv asosida tashqi diagnostikadan o‘tkazish orqali tahlil qilinadi.
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sanasi aniq bo‘ldi
Malaka sinovlarini amaliy imtihon shaklida o‘tkazish reja-jadvali hamda hududiy ishchi guruhlar va baholash komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang