Vazir E’zoza Karimova attestatsiyaga bordi, endi tizim o‘zgaradimi?
Xabaringiz bor, joriy yilning 18-aprel kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova attestatsiya jarayonlarini ko‘zdan kechirish uchun Toshkent shahridagi test o‘tkazilayotgan manzilga borgandi. Vazir u yerda attestatsiya tizimidan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilar bilan suhbatlashgani haqida avvalroq xabar bergandik.
Xo‘sh, vazirning bu qadami pedagoglar uchun yaxshi signalmi?
Masalaga boshqa tomondan qaraydigan bo‘lsak, E’zoza Karimova attestatsiya jarayonlarini ko‘zdan kechirish uchun borib, hali birorta vazir qilmagan ishni amalga oshirdi.
Ya’ni, so‘nggi yillarda vazir sifatida faoliyat yuritgan Ulug‘bek Inoyatov, Sherzod Shermatov ham, Baxtiyor Saidov ham va Hilola Umarova ham shaxsan test jarayonlari o‘tkazilayotgan manzilga borib, norozi o‘qituvchilar bilan suhbatlashmagandi.
To‘g‘ri, attestatsiya bo‘yicha norozichiliklar Sherzod Shermatov davrida deyarli kuzatilmagandi. Asosiy noroziliklar 2023-yilda boshlangandi.
Vazirning attestatsiya jarayonlariga shaxsan borishi oddiy tashrif emas, balki tizim uchun muhim ishora sifatida baholanishi kerak. Chunki ta’lim tizimida, ayniqsa, o‘qituvchilar attestatsiyasi kabi keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan jarayonlarda yuqori darajadagi rahbarning bevosita ishtiroki kamdan-kam uchraydigan holat hisoblanadi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, E’zoza Karimovaning bu qadamini muammolarni quyi qatlamga tushib ko‘rish, o‘qituvchilarning kayfiyatini bevosita bilish va vaziyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushunishga urinish deb baholash mumkin.
Ammo, masalaga faqat mana shu tashrifning o‘zi orqali baho berish biryoqlama yondashuv bo‘lib qoladi. Shu sababli, bu tashrif qanday tizimli o‘zgarishlarga olib keladi yoki olib kelmaydi, degan savolga hozircha aniq javob berish qiyin. Chunki, so‘nggi yillarda attestatsiya tizimi atrofida kechayotgan noroziliklar tasodif emas, balki tizimli muammolar natijasida yuzaga kelgan.
Xususan, 2023-yildan boshlab o‘qituvchilar tomonidan test savollarining murakkabligi, baholash mezonlarining shaffof emasligi, texnik nosozliklar, test jarayonidagi tashkiliy kamchiliklar kabi muammolar muntazam ravishda ko‘tarila boshlagan.
Masalaning, e’tiborli jihati shundaki, avvalgi vazirlar davrida attestatsiya tizimi asosan markazlashgan boshqaruv orqali yuritilgan va joylardagi real jarayonlardan yuqori darajadagi rahbarlar uzilib qolgan. Karimovaning tashrifini esa aynan shu yondashuvni qisman o‘zgartirishga urinish sifatida ko‘rish mumkin. Ya’ni, bu kabinetdan chiqib, tizimning ichiga kirish harakati hisoblanadi.
Shu bilan birga, bunday tashriflar ko‘pincha ikki xil natijaga olib keladi: yoki ular real islohotlar uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanadi, yoki faqat kommunikativ effekt bilan cheklanib qoladi. Agar vazir o‘qituvchilar bilan uchrashuvda bildirilgan e’tiroz va takliflarni tizimli tahlil qilib, ularni siyosiy qarorlar darajasiga olib chiqolsa, bu haqiqatan ham “yaxshi signal” bo‘ladi. Aks holda, bu tashabbus ham qisqa muddatli harakat bilan cheklanib, amaliy natija bermasligi mumkin.
Bu yerda yana bir muhim jihat bor: ishonch masalasi. So‘nggi yillardagi noroziliklar o‘qituvchilarning faqat attestatsiya tizimidan emas, balki umumiy boshqaruv yondashuvidan ham noroziligini ko‘rsatadi. Vazirning bevosita borib, o‘qituvchilar bilan gaplashganini esa aynan shu ishonchni qayta tiklash yo‘lidagi kichik, lekin muhim qadamlardan biri sifatida ko‘rish mumkin. Chunki tizimdagi islohotlar faqat normativ hujjatlar bilan emas, balki ishonch va muloqot orqali ham amalga oshadi.
Xulosa qilib aytganda, E’zoza Karimovaning attestatsiya jarayonlarini kuzatish uchun shaxsan borganini ijobiy signal deb aytish mumkin. Ammo bu harakatlarning haqiqiy samarasi vazirlik tomonidan qanday qarorlar qabul qilinishi va qanday o‘zgarishlar amalga oshishiga bog‘liq.
Agar bu tashrif tizimdagi muammolarni ochiq tan olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan va davomiy bo‘lsa, bu tarixiy burilish nuqtasiga aylanishi mumkin. Aks holda esa, u faqat yaxshi boshlangan, ammo yakuni sust bo‘lgan tashabbus sifatida esda qoladi.
Комментарии 25
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi
Обсуждены недостатки в системе повышения квалификации педагогов
Несмотря на распространение "варианта X," объявлены результаты национального сертификата по истории.
Тематические новости
Новости
Стала известна дата практического экзамена для учителей физической культуры
Утверждены план-график проведения квалификационных испытаний в форме практического экзамена, а также состав региональных рабочих групп и оценочной комиссии.
Новости
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
Аттестация
Nega milliy sertifikatda A+ olgan o‘qituvchi malaka toifa imtihonidan yiqilmoqda?
Bugungi ta’lim tizimida ko‘plab o‘qituvchilar orasida bir savol keng tarqalgan: nega milliy sertifikatda yuqori — A+ darajaga erishgan pedagoglar ham malaka toifa imtihonlarida kerakli ballni to‘play olmayapti?
Новости
Prezident topshirig‘i bilan o‘qituvchilar attestatsiyasi bekor qilindi — Qozog‘iston
Qozog‘iston bo‘ylab pedagoglar uchun attestatsiya testi rasman bekor qilindi.Bu haqda Qozog‘istom ta’lim vaziri Juldiz Suleymenova ma’lum qildi.
Русский
Редактировать комментарий