Maktab maslahatchisiga dars berish masalasiga vazirlik rasmiy tushuntirish berdi
Maktablarda yangi joriy etilgan maktab maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan xodimlarga dars soatlari ajratilishi mumkinmi? Mazkur masala yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy tushuntirish berdi.
Vazirlikning 2026-yil 28-avgustdagi 03-14-4314-sonli xatida qayd etilishicha, maktab maslahatchisi lavozimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qarori asosida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida “Kelajak” markazlarining vertikal tizimini joriy etish hamda o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy qilingan.
Maktab maslahatchisining asosiy vazifalari qatoriga o‘quvchilarning yetakchilik, ijodiy va tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni ijtimoiy va ekologik loyihalar hamda to‘garaklarga jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish kiradi.
Shuningdek, vazirlikning 2025-yil 30-sentabrdagi 368-son buyrug‘i 5-ilovasida maktab maslahatchisi uchun oliy, bakalavr darajasidagi ma’lumot hamda pedagogika yoki psixologiya yo‘nalishidagi mutaxassislik talab etilishi belgilangan. Biroq vazirlikning tushuntirishida maktab maslahatchisi uchun dars yuklamasiga oid muhim jihatga alohida aniqlik kiritilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori 1-ilova “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 2-bandida rahbar xodimlar — maktabgacha, qoʻshimcha va maktab taʼlimi tashkilotlari, ularning tarkibiy boʻlinmalarida boshqaruv funksiyalari va vazifalarini bajaruvchi shaxslar ekanligi hamda 2024-yil 6-maydagi 263-son qarori ilovasi bilan tasdiqlangan “Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 2-bandida rahbar kadrlar — umumtaʼlim maktabi direktori va uning oʻrinbosarlari ekanligi koʻrsatib oʻtilgan.
Shunga ko‘ra, maktab maslahatchisi lavozimida ishlayotgan xodimga Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori asosida haftasiga 10 soatgacha o‘qituvchi lavozimini qo‘shib olib borish, ya’ni shu tartibda o‘quv yuklamasi yuritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shu bilan birga, vazirlik xatida pedagogika yo‘nalishini tamomlagan oliy ma’lumotli maktab maslahatchisi bilan, agar maktabda vakant dars soatlari mavjud bo‘lsa, tegishli fan mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun soatbay haq to‘lash tartibida alohida mehnat shartnomasi tuzish mumkinligini eslatib o‘tgan.
Ya’ni bu yerda ikki xil holatni farqlash lozim: maktab maslahatchisi lavozimini o‘qituvchilik lavozimi bilan qo‘shib olib borish boshqa, vakant dars soatlari bo‘yicha alohida mehnat shartnomasi asosida soatbay haq olish esa boshqa tartib hisoblanadi.
Shunday qilib, vazirlikning mazkur rasmiy tushuntirishiga ko‘ra, maktab maslahatchisiga Vazirlar Mahkamasining 275-son qarori asosida haftasiga 10 soatgacha dars yuklamasi biriktirish mumkin emas.
Ammo tegishli fan bo‘yicha mutaxassisligi mavjud bo‘lgan pedagogika yo‘nalishidagi oliy ma’lumotli maktab maslahatchisi bilan maktabdagi vakant dars soatlari uchun alohida mehnat shartnomasi tuzib, soatbay haq to‘lash mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi
Maktablarda yangi to‘garaklar tashkil etiladi, ular bepul bo‘ladi
Maktab kutubxonalari rivojlantiriladi, direktor o‘rinbosarlari mahalla kutubxonalariga mas’ul bo‘ladi
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘qituvchiga qo‘shimcha dars soatlari ajratib berish evaziga 700 AQSh dollari talab qilgani uchun qamoqqa olindi.
So'ragan edingiz
24 soat boshlang‘ichda, 60 soat yuqori sinflarda: informatika darslari qanday taqsimlanadi?
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani 1-, 2-, 3- va 4-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlashini rivojlantirishga qaratilganligi sababli mazkur fan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘qitilishi belgilangan.
So'ragan edingiz
Dars taqsimotida TKT sertifikati qanday ustunlik beradimi?
Ushbu vaziyatda ikki nafar o‘qituvchida ham tegishli sertifikatlar bo‘lgani bois, dasr soatlarini taqsimlashda malaka toifasiga qarab emas, aynan sertifikatlar darajasiga qarab dars soatlari taqsimlanishi maqsadga muvofiq.
So'ragan edingiz
O‘qituvchiga 7 soat dars berildi, u yana 3 soat talab qila oladimi?
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang