MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Namangan viloyatining Davlatobod tumanida ta’lim muassasalarini isitish tizimi uchun ajratilgan budjet mablag‘lari bilan bog‘liq moliyaviy qonunbuzarlik fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Davlatobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining mas’ul shaxslari va boshqa fuqarolar o‘zaro til biriktirgan holda 1 mlrd so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi ta’lim muassasalariga isitish qozonlarini yetkazib berish bo‘yicha tegishli shartnoma tuzilgan. Shartnoma shartlariga muvofiq, ta’lim muassasalari uchun “ABS” rusumli isitish qozonlari sotib olinishi lozim bo‘lgan. Biroq, amalda shartnomada ko‘rsatilgan mahsulot o‘rniga “LES” rusumli isitish qozonlari xarid qilingan.
Natijada, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 mlrd so‘m miqdoridagi budjet mablag‘lari o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi — o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Farg‘onadagi uchta bog‘chada bolalar kasallanishi holati kuzatildi
Ertadan pedagoglar uchun kuzgi attestatsiya sinovlari boshlanadi
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktab farroshligi uchun 1500$, bog‘cha tarbiyachiligi uchun 500$ olgan direktorlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’lim tizimida fuqarolarni ishga joylash evaziga pora olish va pora berish bilan bog‘liq holat aniqlandi, ta’lim tashkiloti rahbarlariga sud hukmi bilan tegishli jazolar tayinlandi. Xalqtaliminfo.uz sud hujjatlari bilan tanishdi.
Yangiliklar
Samarqandda ham MMTB mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi
Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi.
Yangiliklar
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.
Yangiliklar
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
Avvalroq, pedagog xodimlarni attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlashdan o‘tkazib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan bir qancha noqonuniy harakatlar fosh bo‘lgani haqida xabar bergadik. Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang