Soliq organlari “Yil o‘qituvchisi” g‘olibidan soliq uchun pul talab qilishi to‘g‘rimi?
Savol
Men yaqinda bo‘lib o‘tgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi sovrindori bo‘ldim va mukofot pulini to‘liq oldim. Lekin tumanimiz soliq bo‘limidan telefon qilib, mukofot pulidan soliq to‘lashimiz kerakligini, bu borada respublikadan buyruq borligini iddao qilmoqda. Shu masalaga aniqlik kiritib berishingizni iltimos qilaman.
Javob
Amaldagi tartibga ko‘ra, fuqarolarga tanlov va musobaqalarda g‘oliblik uchun beriladigan pul mukofotlari ayrim hollarda jismoniy shaxsning daromadi sifatida qayd etilib, undan 12 foiz miqdorida daromad solig‘i undirilishi mumkin.
Biroq, “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblarining mukofot pullari soliq undirilmaganligi bois, ularga 616 mln so‘mlik pul mukofoti ularga to‘liq berilgan. Bu masalada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Soliq qo‘mitasiga ham tegishli tartibda murojaat qilib, qo‘mitadan xulosalar olgan.
Soliq kodeksining 369-moddasi birinchi qismi 1-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti, sovg‘alar va budjet subsidiyalari jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibiga kiritilmaydi.
Shuningdek, mazkur moddaning 16-bandiga asosan jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan dasturlarda ishtirok etishi natijasida olingan bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul to‘lovlaridan iborat daromadlari jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibiga kiritilmaydi.
Shu sababli, “Yil o‘qituvchisi” tanlovi doirasida olinadigan pul mukofotlari ularning jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi va daromad solig‘i hisoblanmaydi. Shuningdek, ushbu mablag‘lar ijtimoiy soliqning soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
19-noyabrdan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichi boshlanadi
“Ta’lim tizimida tartib o‘rnataman” — Erkinjon Turdimov
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonida nega 90 ta test topshiradi?
Buxoroda maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish rejalashtirilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“Yil o‘qituvchisi” 52 ming dollar mukofotning bir qismini kitobxonlik uchun sarflamoqchi
Qashqadaryolik kimyo fani o‘qituvchisi Gulzoda Eshonqulova “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘olib bo‘lib, 616 million so‘mlik mukofotni qo‘lga kiritgandi. Endi u ushbu mablag‘ning bir qismini o‘zi faoliyat yuritayotgan Ko‘kdala tumanidagi o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga sarflashni rejalashtirmoqda.
Yangiliklar
O‘qituvchilar “Yil o‘qituvchisi” mukofot puli hisobidan soliq to‘lamaydi
Tanlov g‘oliblari uchun 100 mln so‘mdan ortiq mablag‘ ularning foydasiga hal bo‘ldi. Agar “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari 1-sentabrga qadar aniqlanib, mukofot puli ham shu paytda rasmiylashtirilganida, har bir g‘olibga 616 mln so‘m emas, 576 mln 800 ming so‘m miqdorda mukofot puli berilgan bo‘lardi.
Yangiliklar
Pedagoglar norozi: “Yil o‘qituvchisi”mi yoki kitobxonlik tanlovi?
Bir yil davomida “Yil o‘qituvchisi” tanloviga tayyorgarlik ko‘rgan, mutaxassislik fani va pedagogik mahorati bo‘yicha sinovlardan o‘tgan o‘qituvchilarning avvalgi bosqichlarda to‘plagan natijalari yakuniy natijani aniqlashda hisobga olinmadi.
Yangiliklar
Pedagoglar “Yil o‘qituvchisi” bo‘yicha appelyatsiya berolmayapti
Tanlov natijalari e’lon qilingan bo‘lsa-da, pedagoglarga apellyatsiya shikoyati yuborish imkoniyati berilmagan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang