Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
26-oktabrdan respublika boʻylab pedagog kadrlarning malaka test sinovlari boshlandi. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga asosan oʻtkazilayotgan sinovlar 28-noyabrga qadar davom etadi. Unda Taʼlim va ilm-fan vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari qatnashadi.
Pedagoglarning asosiy qismi navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashadi
Taʼlim va ilm-fan vazirligining xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, bu yil sinovlarda qatnashish istagini bildirgan pedagoglardan 302 ming 422 ta murojaat kelib tushgan.
Ulardan 16 ming 604 tasi, yaʼni 5,5 foizi navbatdagi majburiy attestatsiyaga, qolgan 285 mingdan ortigʻi esa navbatdan tashqari attestatsiyaga tegishli. Murojaatlar oʻrganib chiqilgach, 240 ming nafardan ortiq pedagogning sinovda ishtirok etishi belgilangan.
Ularning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga sinov sanasi va manzili haqida xabarnoma yuborilgan. Hududlar kesimida sinov jadvallari tuzilib, ishtirokchilar guruhlarga taqsimlandi.
Test sinovlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 13 ta maxsus jihozlangan markazda boʻlib oʻtmoqda. Ularda jami 2 526 ta kompyuter ishchi holatda, test jarayoni real vaqt rejimida o‘tkzailmoqda. Barcha auditoriyalar videokuzatuv vositalariga ulangan bo‘lib, cams.uzedu.uz orqali jarayonni onlayn kuzatish mumkin.
Ishtirokchining shaxsi yuzni tanish tizimi orqali aniqlanadi, natijalar esa blokcheyn texnologiyasi yordamida saqlanadi. Bu natijalarni keyinchalik oʻzgartirish imkonini yoʻqqa chiqaradi va jarayonga inson omili aralashuvining oldini oladi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, asosiy sinovlardan oldin aprobatsiya jarayonlari ham oʻtkazilgan. Unda 1 992 nafar pedagog qatnashdi. Aprobatsiya davomida test topshiriqlari bilan birga tashkiliy va texnik jarayonlar ham sinab koʻrilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
Test sinovi jaraonlari qanday oʻtadi?
Attestatsiya 46 ta fan yoʻnalishini qamrab oladi va ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilimi tekshiriladi. Bunda bilish, qoʻllash va mulohaza yuritish koʻnikmalari baholanadi. Ishtirokchiga mutaxassislik fanidan 35 ta, kasb standartidan 5 ta test savoli beriladi.
Ikkinchi bosqichda pedagogik mahorat baholanadi. Buning uchun 10 ta savol-topshiriq tayyorlangan.
Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya oʻqituvchilarining birinchi bosqich sinovlari 30–31-oktabr kunlari Taʼlim va ilm-fan vazirligi tomonidan oʻtkaziladi.
Ikkinchi bosqichni esa Madaniyat va Sport vazirliklari tomonidan belgilagan muddatlarda tashkil etadi. Bunda pedagoglarning yakuniy natijasi ham ikki bosqich yakunlariga qarab eʼlon qilinadi. Ular uchun mutaxassislik fanidan 35 ta, kasbiy standart bo‘yicha 5 ta, jami 40 ta test topshirig‘i beriladi va har bir to‘g‘ri javob 1 ball bilan baholanadi.
Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagoglari 25-noyabr kuni sinovdan oʻtadi. Koʻzi ojiz pedagoglar uchun maxsus test savollari ishlab chiqilgan, ular uchun alohida sinov kunlari belgilangan.
Attestatsiya jarayoni yakunlangach, natijalar va elektron sertifikatlar pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Toshkentda Markaziy Osiyo taʼlim forumi ish boshladi
Farg‘onadagi uchta bog‘chada bolalar kasallanishi holati kuzatildi
Ertadan pedagoglar uchun kuzgi attestatsiya sinovlari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ertadan pedagoglar uchun kuzgi attestatsiya sinovlari boshlanadi
Sinovlar hududlar kesimida tasdiqlangan jadval va manzillar asosida tashkil etiladi. Malaka sinovlari jami 45 ta fan va yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilishi uchun test materiallari tayyorlangan.
So'ragan edingiz
O‘qituvchi attestatsiya testini boshqa hududda topshirishi mumkinmi?
MMTVning 334-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnomaga ko‘ra, ayrim asosli holatlarda pedagogga doimiy yoki vaqtincha yashash hududidan boshqa hududda test topshirishga ruxsat berilishi mumkin.
Attestatsiya
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun 2026-yil avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifasi sinovlarining sanalari hamda test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar belgilandi.
Bilasizmi?
Kuzgi pedagog kadrlar attestatsiyasi qay tartibda o‘tkaziladi?
Pedagoglar uchun attestatsiya jarayoni qanday tashkil etiladi? Test sinovida nechta va qanday topshiriqlar beriladi, har bir bosqichda pedagoglar qanday baholanadi, testga nimalarni olib kirish mumkin emas, test natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog qanday tartibda apellyatsiya berishi mumkin? Quyida pedagoglar uchun eng muhim jihatlarni tushuntiramiz.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang