Malaka oshirishga chiqmagan pedagog xodim ishdan bo‘shatiladimi?
19:00 / 04.03.2024
3.41k
Pedagog xodimlar egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi uchun asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirishga chiqishi zarur.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 19-bandiga muvofiq pedagog xodimlar asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan uzrli sabablarsiz o‘tmagan taqdirda, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi.
Soddaroq tilda tushintiradigan bo‘lsak, pedagog xodim o‘z vaqtida malaka oshirish kurslariga chiqmagan bo‘lsa, ularga 2 oy avval ishdan bo‘shatish to‘g‘risida ogohlantirish xati beriladi.
Xodim maktabdagi ish joyini saqlab qolmoqchi bo‘lsa, ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida o‘z malakasini oshirishi kerak bo‘ladi.
Faqat bu safar xodim ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida o‘z malakasini oshirayotgan vaqtda ularning o‘rtacha ish haqi saqlanmaydi.
Bunda bir haftalik malaka oshirshga chiqib ketgan vaqtdagina o‘qituvchining o‘rtacha ish haqi saqlanmasligi nazarda tutilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
21:26 / 30.10.2024
2025-yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun budjetdan qancha mablag‘ ajratilmoqda?
21:03 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
15:46 / 30.10.2024
“O‘qituvchilarning barcha takliflarni shaxsan o‘zim o‘qib boryapman” – Hilola Umarova
11:51 / 30.10.2024
Saylovchiga 4 tadan ortiq byulleten bergan o‘qituvchi jazolandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Menejerlik sertifikati
Yangiliklar
Yangiliklar
Pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar: A.Avloniy institutining yangilangan binosiga tashrif
Institutining yangi binosida OAV xodimlari uchun press-tur tashkil etildi
16:42 / 08.10.2024
Maktab direktori bo'lish oson bo'lmaydi
Maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash endilikda “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilib, direktorlikka nomzodlarga menejerlik sertifikatiga ega bo'lish talabi qo'yildi.
10:00 / 30.01.2024
Prezident yangilangan A.Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti bilan tanishdi
Institut eng zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ta’mirlandi
16:19 / 30.09.2024
Ayrim hududlardagi o'qituvchilar malakasini oshirish markazlari nochor ahvolda qolayotgani aytildi
Guliston, Namangan va Farg‘ona shaharlari malaka oshirish markazlari tanqid qilindi
13:41 / 30.09.2024
Izohingizni tahrirlang