Ramazon oyida xodimlar ishdan vaqtliroq ketishlari mumkinmi?
10:00 / 06.03.2024
20.63k
Savol
Assalomu alaykum, barchangizga kirib kelgan Ramazon oyi muborak bo‘lsin. Men maktab rahbariman. Xodimlarimizga Ramazon oyida qonuniy tartibda ishdan vaqtliroq ketishlari uchun qanday yengilliklar qilib berishim mumkin?
Javob
Ramazon oyida xodimlarga yengillik berish maqsadida quyidagi ayrim usullarni taklif qilishimiz mumkin:
Birinchi usul: Mehnat kodeksining 13-moddasiga ko‘ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin. Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nimalar kiradi?
Mehnat kodeksining 12-moddasiga ko‘ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:
- jamoa kelishuvlari;
- jamoa shartnomalari;
- ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlar;
- ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar.
Demak, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda Ramazon oyida xodimlar uchun alohida kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.
Agar tashkilotning jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida Ramazon oyi uchun alohida kafolatlar nazarda tutilmagan bo‘lsachi?
Eʼtibor bering, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar jumlasiga, ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar ham kiritilmoqda.
Ya’ni jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida ramazon oyida xodimlar uchun kafolatlar nazarda tutilmagan bo‘lsada, ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlarda (buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar) ham alohida kafolatlarni nazarda tutilishi mumkin.
Chunki yuqorida tahlil qilib o‘tganimizdek, ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar ham mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar jumlasiga kiradi.
Ikkinchi usul: Mehnat kodeksining 204-moddasiga ko‘ra, ish kuni (smena) davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi ko‘pi bilan 2 soat va kamida 30 daqiqa bo‘lgan, ish vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak. Ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki mehnat shartnomasida, agar xodim uchun belgilangan kunlik ishning (smenaning) davomiyligi to‘rt soatdan oshmasa, unga mazkur tanaffus berilmasligi nazarda tutilishi mumkin.
Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish vaqti va uning aniq davomiyligi ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi.
Demak, Ramazon oyida ro‘zador xodimlar uchun biz amaliyotda ko‘nikib qolganimiz dam olish va ovqatlanish uchun 1 soatlik tanaffus o‘rniga ularga dam olishi uchun 30 daqiqa berilsa, shunda ro‘zador xodimlar 30 minut vaqtliroq ketishlari mumkin bo‘ladi.
Uchinchi usul: Ramazon oyida xodimga to‘liqsiz ish vaqti belgilanishi ham mumkin. Bu Mehnat kodeksining 186-moddasida nazarda tutilgan.
To‘rtinchi usul: Ta’tildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqtidan oldin ham ta’til berish mumkin. Bu Mehnat kodeksining 228-moddasida nazarda tutilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
15:32 / 10.10.2026
“Tarbiya” fani yanada takomillashtirlib, ta’lim-tarbiya strategiyasi ishlab chiqiladi
18:33 / 09.10.2026
Hokim Erkinjon Turdimov Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
15:15 / 08.10.2026
Maktab farroshligi uchun 1500$, bog‘cha tarbiyachiligi uchun 500$ olgan direktorlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
20:52 / 07.10.2026
Ta’lim tizimidagi takrorlanuvchi vazifalar qisqartiriladi, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
1 stavkada ishlovchi o‘qituvchi boshqa maktabda ham ishlashi mumkinmi?
O‘qituvchi maktab direktori bilan o‘zaro kelishgan holda boshqa ta’lim muassasasida tashqi o‘rindoshlik asosida ishlashi ham mumkin.
17:11 / 27.09.2026
So'ragan edingiz
30 soat darsni 3 kunga qo‘ydirib, qolgan uch kun dam olsa bo‘ladimi?
Bir stavkada ishlayotgan xodimga ham haftada atigi bir kunni bo‘sh qoldirish imkoniyati mavjud xolos
16:15 / 25.08.2024
So'ragan edingiz
Maktab o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi kamaytirildimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasini 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilarining yuklamasini esa 20 soatdan 18 soatga tushirish haqida prezident topshiriq bergani haqida xabarlar tarqalmoqda.
17:05 / 14.07.2025
Maqola
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 5 kunlik ish rejimiga o‘tkazish vazirlik qo‘lida edi, ammo...
Pedagog xodimlar uchun metodik kunlar rasman bekor qilingani sababli, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga shanba kunini dam olish kuni sifatida belgilash imkoniyati paydo bo‘lgandi, ammo vazirlik bunday qilishga urinib ham ko‘rmadi, aniqrog‘i xohlamagan ko‘rinadi.
18:16 / 14.04.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang