Top.Mail.Ru
17-martdan – 17 aprelga qadar 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika fan olimpiadasi o‘tkaziladi

17-martdan – 17 aprelga qadar 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika fan olimpiadasi o‘tkaziladi

10:00 / 12.03.2024 11.33k
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-martdagi 70-sonli buyrug‘i bilan “Umumiy o‘rta ta’1im tashkilotlarining 5-8-sinf o‘quvchi1ari o‘rtasida informatika yo‘na1ishi bo‘yicha fan olimpiadasini tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” Nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra mart-aprel oylarida 5-, 6-, 7- va 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika yo‘nalishi bo‘yicha fan olimpiadasi o‘tkaziladi. Olimpiada “maktab - tuman (shahar) - viloyat - respublika” bosqichlarida tashkil qilinadi.

Olimpiada to‘rt bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

birinchi bosqich — davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida maktab bosqichi mart oyida;

ikkinchi bosqich — tuman (shahar) miqyosida birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida mart oyida;

uchinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida ikkinchi bosqich g‘oliblari hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufıdagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida aprel oyida;

to‘rtinchi bosqich — respublika miqyosida uchinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida aprel oyida o‘tkaziladi.

Olimpiadaning maktab bosqichi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mart oyida o‘tkaziladi. Maktablarda har bir sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma- ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanadi va maktab pedagogik kengashining (yoki nodavlat ta’lim tashkiloti rahbarining) qarori bilan ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi olimpiadaning maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida mart oyida o‘tkaziladi. Olimpiada uchun nazorat materiallari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tuziladi hamda maxfıyligi ta’minlangan holda hududlarga yetkaziladi.

Olimpiadaning viloyat bosqichida olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan har bir sinf va hudud kesimida tavsiya etilgan 15 nafargacha o‘quvchilar ishtirok etadi. Olimpiadaning mazkur bosqichi aprel oyida o‘tkaziladi.

Olimpiadaning respublika bosqichida olimpiadaning viloyat bosqichida sinflar kesimida 1-5-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilari ishtirok etadi. Olimpiadaning mazkur bosqichi aprel oyida o‘tkaziladi.


Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • olimpiada

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

So'ragan edingiz

Nega rus tili olimpiadasida rus adabiyoti savollari ham berildi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 562-son qaroriga muvofiq, asosiy olimpiada “Rus tili va adabiyoti” fani bo‘yicha o‘tkaziladi.

10:18 / 30.10.2026
Yangiliklar

Buvayda tumanida 400 o‘quvchiga mo‘ljallangan fan olimpiadalari markazi qurildi

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida bir vaqtning o‘zida 400 nafar o‘quvchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan Olimpiada markazi qurib bitkazildi.

11:27 / 20.10.2026
Yangiliklar

Endilikda boshlang‘ich sinflar uchun alohida fan olimpiadasi joriy qilinadi

Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan bolalar kompyuter oladi. Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat uchun 50 million, respublika uchun 100 million so‘m mukofot beriladi.

14:23 / 30.09.2026
Yangiliklar

Endi fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyuldagi tegishli qarori bilan “Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.

14:49 / 27.07.2026