Endilikda maktablardagi davomat qay tartibda yuritiladi?

09:00 / 25.03.2024
16.20k
Maʼlumki, “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini keng joriy etish, “Oila-mahalla-maktab” uzviy tizimi asosida voyaga yetmaganlar bilan manzilli ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2024-yil 26-fevralda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Milliy gvardiya o‘rtasida 4-k/k va 5-k/k sonli qo‘shma qaror imzolangan.
Mazkur qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan konsepsiyaga muvofiq endilikda maktablardagi davomat quyidagi tartibda yuritilishi belgilangan:
har kuni fan o‘qituvchilari (sinf rahbarlari) tomonidan o‘quvchilarning davomatini e-Maktab elektron platformada qayd etiladi;
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sababsiz darsga kelmagan o‘quvchilarni aniqlab, ro‘yxatini shakllantiradi va inspektor-psixolog, biriktirilgan Milliy gvardiya xodimlariga taqdim etadi;
maktab maʼmuriyati, inspektor-psixolog va biriktirilgan Milliy gvardiya hamkorligida o‘quvchilarning taʼlim olish jarayoniga taʼsir qilmagan holda ularning davomatini yuritadi;
o‘quvchilar davomatini tahlil qilish uchun e-Maktab elektron platformasi orqali maʼlumotlar olinadi, dars jarayonlarini buzishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Milliy gvardiya xodimi sababsiz darsga kelmagan o‘quvchilar to‘g‘risidagi maʼlumotni “Mahalla yettiligi” va mahallada tashkil etilgan ishchi guruhlarga yetkazadi;
“Mahalla yettiligi” va Milliy gvardiya xodimi sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilarning yashash manziliga borib, ota-ona bilan profilaktik suhbat o‘tkazadi va bolani darsga qaytarish chorasini ko‘radi;
zaruratga ko‘ra, farzandining taʼlim olishiga to‘sqinlik qilgan va majburiyatini bajarmagan ota-onaga maʼmuriy chora ko‘riladi;
har hafta “Mahalla yettiligi” va Milliy gvardiya xodimi o‘quvchilarni darsga qaytarish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yuzasidan muvofiqlashtiruvchi shtabga va maktab maʼmuriyatiga maʼlumot kiritib boradi;
har bir maktab bo‘yicha surunkali ravishda dars qoldiruvchi o‘quvchilar ro‘yxati tuzilib, ular toifalarga ajratiladi (dars mashg‘ulotiga 3 kundan ortiq sababsiz qatnashmagan o‘quvchilar surunkali dars qoldirgan hisoblanadi);
darsda surunkali (muntazam) qatnashmaydigan o‘quvchilar “qizil” toifaga, kechikib keluvchilar “sariq” toifaga ajratiladi;
maktab maʼmuriyati, inspektor-psixolog tomonidan “Mahalla yettiligi” aʼzolarining biri ishtirokida “qizil” va “sariq” toifalarga ajratilgan o‘quvchining yashash manziliga borib, ota-onasi bilan farzandining surunkali maktabga kelmaganlik holati bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkaziladi va sabablariga aniqlik kiritiladi;
surunkali (muntazam) dars qoldiruvchi o‘quvchilarning ota-onasiga “Mahalla yettiligi” aʼzolarining biri tomonidan ikki marotaba rasmiy ogohlantirish xati taqdim etiladi, o‘zgarish bo‘lmagan hollarda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga muvofiq ota-onani (ularning o‘rnini bosuvchi shaxsni) javobgarlikka tortish chorasi ko‘riladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

22:06 / 25.09.2025
Bog‘cha bolalari ommaviy zaharlandi, vazir holatni shaxsan nazoratga oldi

23:44 / 24.09.2025
Gulnora Karimovaning musodara qilingan pullari qishloq maktablarini ta’mirlash uchun sarflanadi

15:09 / 24.09.2025
Xorijiy til o‘qituvchilarining xursand bo‘lishiga hali erta...mi?

12:13 / 24.09.2025
Ertadan o‘qituvchilar uchun bepul kinonamoyishlar boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar

Endilikda Toshkentda 10-11-sinf o‘quvchilar davomati kamera orqali nazorat qilinadi
Maxsus kameralar orqali “Smart School” elektron dasturini joriy qilish orqali yuqori sinf o‘quvchilarining davomatini, ularning fanlarga qiziqishlarini va ta’lim sifatini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
18:11 / 30.08.2025

May oyidan boshlab farzandi maktabga bormaydigan oilalarning “bola puli” miqdori kamaytiriladi
2025-yil 1-maydan boshlab respublikaning barcha hududlarida kambag‘al oilalarga ko‘mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida berilishi belgilangan.
15:30 / 06.05.2025

Endi davomat bilan Milliy gvardiya shug‘ullanmaydi…mi?
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari va 2 000 ta shtat birligi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga qaytarildi.
06:15 / 19.03.2025

O‘quvchilar davomatini soxtalashtirgan maktab direktori ishdan olindi
Direktor o‘rinbosarlari ham ishdan olinadi
17:28 / 06.02.2025
Izohingizni tahrirlang