Maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal o‘lim bilan tugadi
15:00 / 27.03.2024
6.98k
Joriy yilning 20-mart kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida maktab o‘quvchilari orasida yuzaga kelgan kelishmovchilik 11-sinf o‘quvchisining o‘limi bilan yakunlandi.
Holatga xalqtaliminfo.uz tahririyati Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati bilan bog‘lanib aniqlik kiritdi.
Holatga xalqtaliminfo.uz tahririyati Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati bilan bog‘lanib aniqlik kiritdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil 20-mart kuni soat tahminan 22:30 da Angren shahar “Navbahor” MFY, 13-daha 12-uy 24-xonadonda yashovchi, 41-sonli maktabning 9-sinf о‘quvchisi, 22.05.2008 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Mavlonqulov Dadabek Ulug‘bek о‘g‘li Angren shahar “Ulug‘bek” MFYda joylashgan “Mono markaz”ning orqa eshigi oldida bо‘la turib, 03.12.2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Abdurahimov Otabek Asqad о‘g‘li bilan о‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan.
Janjal vaqtida O.Abdurahimovga urib, tan jarohati yetkazilgan. Natijada, O.Abdurahimov olgan tan jarohatlari oqibatida sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzsidan О‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qо‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda tergov jarayonlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, holat darsdan tashqari, tungi vaqtda sodir bo‘lganligi uchun bunday vaziyatlarda maktab ma’muriyati javobgarlikka tortilmaydi. Amaldagi tartibga ko‘ra taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javobgar hisoblanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
12:18 / 10.09.2026
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
10:19 / 09.09.2026
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda
13:29 / 04.09.2026
Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi
10:16 / 04.09.2026
Maktablarda yangi to‘garaklar tashkil etiladi, ular bepul bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
15:54 / 04.08.2026
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
16:35 / 10.07.2026
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi.
15:00 / 09.07.2026
So'ragan edingiz
O‘z vaqtida pasport olmagan maktab o‘quvchisiga chora ko‘rsa bo‘ladimi?
Bitiruvchilarning 55 ming (14%) nafari pasport (ID karta) olmagan.
09:40 / 11.03.2024
O'zbek
Izohingizni tahrirlang