Sinf rahbari lavozimini alohida shtat birligi sifatida joriy qilish kerak

21:00 / 28.03.2024
11.01k
“Muallimdan maktub” loyihamizga pedagoglardan murojaatlar yetib kelishda davom etmoqda. Bu safar sinf rahbari lavozimini alohida shtat birligi sifatida joriy qilish taklifini bildirdi.
Men Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi 20-maktabning o‘quv tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosari vazifasini 3 yildan buyon bajarib keluvchi, 8 yillik pedagogik ish stajga ega o‘qituvchi Mahmudov Ibrohim bo‘laman.
Taklifim shundan iboratki, mehnat faoliyatim davomida shuni bildimki, maktablarda ta’lim sifatiga ta’sir qiladigan kichik bo‘lsa ham og‘riqli nuqtasi bor. Bu ham bo‘lsa sinf rahbarlik. Nega desak 20 soat ya’ni, 1 stavka darsi bor o‘qituvchiga 1 ta sinf berilgan deylik, shuni ham dars berish bilan birgalikda bajarishga majbur bo‘ladi.
Muammoga kelsak, shu o‘qituvchi boshqa sinfga dars berayotgan paytda o‘zi sinf rahbarlik qiladigan sinfda qandaydir bir o‘quvchi tarbiyasizlik qilib, muammo keltirib chiqardi deylik, endi bu o‘qituvchini darsidan chaqirishadi. Sababi sinfidagi o‘quvchi ishkal chiqardi, darsi qolib ketib shu bilan shug‘illanadi, mana birinchi talim sifatini buzilishiga sabab, dars qolib ketadi.
Yana biri davomat, kelmagan o‘quvchingni top, uyiga telefon qil deyiladi, darsi qolib uni qidirishga tushadi telefon orqali bo‘lsa ham. Taklifim shundayki, pedagog yoki psixologiyaga bog‘liq birorta o‘qituvchiga 2, 3, 4 tagacha sinf rahbarlik berilsa, mutaxassisligi bo‘yicha dars berilmasa, faqat sinf bilan shug‘illansa, fan darslariga kirib sinfidagi o‘quvchilarni tarbiyasi darsda o‘tirishi, darsga qiziqishi, qatnashishi bo‘yicha tahlil qilib, darsdan so‘ng 10-15 daqiqa har bir sinf o‘quvchilari bilan ishlasa yaxshiroq bo‘larmidi deb o‘ylayman.
Hozirda bir sinf rahbarligi 500 ming so‘m atrofida. Agar yuqoridagi taklif amalga oshsa o‘sha sinf rahbari 1,5-2 mln so‘mgacha oylik oladi. Balki, shunday yo‘l tutilsa keyinchalik sinf rahbarlik summasi yana oshirilar. Aytmoqchimanki, moliyaviy tomondan ham hozirgi holat bilan farq qilmaydi.
Fan o‘qituvchidan keyin faqat ta’lim sifati so‘ralgan bo‘lardi. Hozir faqat ta’lim sifati so‘ralmoqda deyilyapti, lekin mayda-chuyda shu narsalar ham dars beradigan fan o‘qituvchisiga ta’sir ko‘rsatmoqda deb o‘ylayman. Meni kichik, lekin zarur deb o‘ylagan taklifim shu edi. Iltimos, shu taklifim ko‘rib chiqilsa juda ham xursand bo‘lardim.
Yuqorida pedadagog xodim tomonidan juda o‘rinli taklif bildirildi. O‘tgan yili biz ham sinf rahbarlar oylik maoshini sezilarli darajada oshirish yoki bu lavozimni alohida shtat birligi sifatida qayta joriy qilish kerakligi haqida taklif bergandik.
Sinf rahbari eng kamida 30-40 nafar o‘quvchi uchun javobgar bo‘ladi. O‘quvchilar davomati uchun ham, elektron kundalik nazorati va o‘quv-qurollarining soz holatda yuritilshi uchun ham sinf rahbari javob beradi. Xullas, sinf o‘quvchilarining barcha xatti-haraktalari uchun ular mas’ul.
Maktablarda har yili avgust oyida sinf rahbarlik taqsimlanadi. Direktor o‘rinbosarlari sinf rahbarlik uchun nomzod qidirishni boshlaydi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar sinf rahbarlik qilishni istamaydi. Negaki, sinf olgandan ko‘ra ular boshqa maktabdan 10 soat qo‘shimcha dars olishni afzal ko‘radi.
To‘g‘risini tan olaylik, baribir 300-400 ming so‘m maoshga 30-40 nafar bolaga javobgar bo‘lib, ular bilan tinmay ishlash sal mantiqqa ham to‘g‘ri kelmaydi-da. Yuqoridagi mas’ullar o‘zini sinf rahbari o‘rniga qo‘yib ko‘rib, shu oylikka o‘zim ishlarmidim degan savolni o‘ziga berib, keyin qaror qabul qilsa adolatdan bo‘lardi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

14:22 / 15.10.2025
Fan olimpiadasi testlari tarqalishiga sababchi bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi

06:10 / 15.10.2025
Fan olimpiadasi testlari sotilgani aytilmoqda

16:12 / 13.10.2025
O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish jarayoni boshlandi

09:00 / 13.10.2025
Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘zbekistonlik o‘qituvchilar yozgi ta’tilni qanday o‘tkazdi?
O‘zbekistonlik aksariyat o‘qituvchilar uchun darsdan tashqari vaqtda qo‘shimcha ishlarda ishlash odatiy holga aylanib ulgurgan. Sabab esa bitta — dars soatlarining yetishmasligi, oylik maosh kamligi.
10:20 / 14.10.2025

Sinf rahbarlik uchun talablar o‘zgardi
Hozirgi kunga qadar boshlang‘ich sinflarda o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarga sinf rahbarlik berilishi uchun hech qanday cheklov mavjud emasdi.
12:15 / 02.10.2025

“Dolzarb 90 kun” tadbirini deb, direktorning boshi baloga qoldi...mi?
“Dolzarb 90 kun” tadbirini o‘tkazgan maktab direktori chaqirtirlidi. Aslida, tadbirga taniqli olimlar, yozuvchilar ham taklif qilingan. Shuningdek, maktab direktori Rustam Abduvohidovning tashabbusi bilan “Yoshlar festivali” ham tashkil etilgandi.
22:03 / 06.09.2025

“Open Budjet” mashmashasi: O‘zlari majburlab, o‘zlari jazolashmoqda
So‘nggi kunlarda pedagog xodimlar va o‘quvchilarning “Open Budjet” uchun ovoz yig‘ish ishlariga majburiy jalb qilinishi yana kun tartibiga chiqdi.
00:54 / 16.03.2025
Izohingizni tahrirlang