Maktablar uchun eng zaruriy ehtiyojlar ro‘yxati tuzib chiqilganmi?
09:00 / 05.04.2024
1.76k
“OpenBudget” jarayoni juda ko‘p muammolarni ochib berdi aslida. Kuzatgan bo‘lsangiz, bir maktab shunchaki interaktiv doska yoki konditsioner uchun ovoz yig‘di, boshqa bir maktabda esa hatto hojatxona yo‘q, yoki maktab binosi avariya holatida.
Endi tasavvur qiling, eng og‘ir sharoitli maktab ovoz yig‘olmasa, lekin interaktiv doska yoki konditsioner uchun kurashgan maktab g‘olib bo‘lsa, byudjetdan ajratilgan pul to‘g‘ri sarf qilingan bo‘ladimi?
Nahotki, ta’limga mas’ul rahbarlarimiz maktablar uchun eng zaruriy ehtiyojlar ro‘yxatini tuzib chiqmagan? Albatta, maktabga interaktiv doska ham, konditsioner ham, eng zamonaviy jihozlar ham kerak. Lekin respublikada o‘ta og‘ir sharoitli maktablar turganda bu masala o‘z dolzarbligini yo‘qotadi.
2022-yilda sobiq Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli ixtisoslashtirilgan maktablarni ta’mirlash uchun bankdan kredit ajratib bo‘lsa-da, bu ishlar o‘z vaqtida amalga oshirilgan. Demak, bizga kerak bo‘lsa shunday imkoniyatni ham topar ekanmiz-ku.
Aslida maktablarni bunday tarzda tabaqalantirish ham noto‘g‘ri. Misol uchun, Prezident maktabi yoki yangidan tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarni qanday ta’mirlanayotganini ko‘rsangiz, beixtiyor Finlyandiyami bu deb yuborasiz.
Bu kabi zamonaviy maktablar kerak emas demoqchi emasmiz. Faqat pullarni eng zaruriy ehtiyojlar uchun ishlatish kerakligini eslatib qo‘ymoqchimiz xolos. Hozirgi kunda maktablar bir-biridan yer bilan osmoncha farq qiladi. Afsuski, bizda tabaqalanish o‘ta kuchli.
Finlyandiyada 1960-yillardayoq tabaqalashgan ta’lim tizimidan voz kechilib, yaxshi sharoitlarda ta’lim olish kamchilik o‘quvchi uchun emas, har bir o‘quvchi uchun umumiy va ochiq qilib, umumta’lim maktablarini rivojlantirishga qaror qabul qilingan.
Bizning amaliyotda esa ko‘proq Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga zo‘r imkoniyat va sharoitlar yaratib berilib, umumta’lim maktablariga bunday imkoniyat kamdan-kam beriladi. Ya'ni, oddiy umumta'lim maktablari “OpenBudget”da ovoz yig‘ib, sarson bo‘lishga mahkum.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
13:51 / 14.11.2024
O‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha Ozarbayjon bilan qo‘shma loyihalar tashkil etiladi
10:33 / 14.11.2024
8-sinf qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olindi
22:26 / 13.11.2024
Yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga murojaat yo‘lladi
10:51 / 12.11.2024
Maktablarga harbiy poligonlardan foydalanishga ruxsat berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Maqola
"Mening bog'cham" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi
15-oktyabr soat 10:00 dan ovoz berish berish jarayoni boshlandi
13:44 / 15.10.2024
“Open Budget”ni targ‘ib qilgan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi
O‘qituvchilar “Tashabbusli budjet” uchun majburan ovoz yig‘ishga jalb qilgan
12:01 / 11.09.2024
"Open Budget" uchun majburiy ovoz yig‘ishda maktablar yetakchilik qilmoqda
O'qituvchilarga dars bermaslik qo‘rqituvi bilan ovoz yig‘ishga majburlash yuz bermoqda
14:21 / 28.08.2024
“OpenBudget” tugamaguncha o‘qituvchida halovat yo‘qmi?
Ayrim hududlarda pedagog xodim va o‘quvchilar ham ovoz yig‘ish ishlariga majburan jalb qilinayotganligi xabarlar tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib turibdi.
10:40 / 28.03.2024
Izohingizni tahrirlang