“Tarbiya”, “Science “ va “Informatika” fanini qaysi o‘qituvchilarga o‘qitishga ruxsat berildi?
08:00 / 22.04.2024
19.53k
Bosh vazir Abdulla Oripov imzolagan hujjat bilan umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini ayrim toifadagi o‘qituvchilar o‘qitishi mumkinligi haqida ko‘rsatma berildi. Bunda:
- “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilariga – 1-4-sinflarda:
“Tabiiy fan (science)”;
“Tarbiya”;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini o‘qitishga;
- “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” fani oʻqituvchilariga – 5-6-sinflarda:
“Tabiiy fan (science)” fanini o‘qitishga;
- Tarix, Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq mutaxassisligiga ega fan oʻqituvchilariga:
“Tarbiya” fanini o‘qitishga ruxsat berildi.
Bunda “Tabiiy fan (science)” va “Tarbiya” fanidan dars berayotgan boshlangʻich taʼlim, shuningdek, fizika, geografiya, biologiya, tarix, davlat va huquq asoslari fanidan amaldagi malaka toifalariga mos ravishda haq toʻlanadi.
Ya’ni, misol uchun boshlangʻich taʼlim o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha malaka toifasini olgan bo‘lsa, buning uchun u dars berayotgan “Tabiiy fan (science)” yoki “Tarbiya” fanidan ham alohida malaka toifasi olish talab etilmaydi.
Bu qoida “Tabiiy fan (science)” va “Tarbiya” fanidan dars berayotgan fizika, geografiya, biologiya, tarix, davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchilari uchun ham tatbiq etiladi.
Bosh vazir imzolagan hujjatda boshlangʻich taʼlim o‘qituvchisi tomonidan o‘tiladigan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani uchun ham alohida toifa olishi shart emasligi nazarda tutilmagan. Lekin yuqoridagi qoidalardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, boshlangʻich taʼlim o‘qituvchisi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani uchun alohida malaka toifasi olish talab etilmasligi lozim.
“Tarbiya” fanini yana qaysi toifadagi pedagoglar o‘qitishi mumkin?
“Tarbiya” fanini qaysi fan o‘qituvchilari tomonidan o‘qitilishi 2020-yildan buyon muhokama qilib kelinadi. Chunki, aynan shu yildan boshlab “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani joriy qilingandi.
Aslida “Tarbiya” fanini umumta’lim muassasalarida o‘qitilishi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qarori bilan tartibga solinadi.
Mazkur qaror bilan “Tarbiya” fanini quyidagi ta’lim yo‘nalishlarni tamomlagan pedagoglarga bir shart bilan o‘qitishga ruxsat berilgandi:
- Boshlang‘ich ta’lim;
- Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha);
- Tarix o‘qitish metodikasi;
- Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili, O‘zbek tili va adabiyoti;
- Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi;
- Pedagogika va psixologiya;
- Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi);
- Dinshunoslik” va Islomshunoslik (Islom tarixi va manbashunosligi).
Yuqoridagi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqini olishi uchun ular tahsil olgan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lish sharti qo‘yilgan.
Agar ayrim davlat va nodavlat oliygohlari o‘quv dasturiga o‘zgartirish kiritmagan bo‘lsa, ushbu oliygoh talaba va bitiruvchilari “Tarbiya” fanidan dars berolmaydi. Bunda ular “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqini olishi uchun kasbiy qayta tayyorlash kursini tamomlashi kerak bo‘ladi.
Muhim eslatma:
Bunda 2020-yilga qadar Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili, O‘zbek tili va adabiyoti, Pedagogika va psixologiya, Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi), Dinshunoslik” va Islomshunoslik (Islom tarixi va manbashunosligi) ta’lim yo‘nalishini tamomlagan pedagoglarga “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilmaydi.
Chunki, mazkur yo‘nalish bitiruvchilari tahsil olgan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalarida 2020-yilga qadar “Tarbiya” fani mavjud bo‘lmagan.
Tarix, Boshlang‘ich ta’lim hamda Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fani o‘qituvchilariga esa yuqorida ta’kidlaganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli ko‘rsatmasi bilan “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi borligi ma’lum qilindi. Aslida bu qoidalar avval ham mavjud edi. Faqat bu fanlarni o‘tgan pedagoglarga malaka toifasi bo‘yicha to‘lovlarda muammo kuzatilardi.
Izohlar 5
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
13:00 / 07.05.2026
Pedagoglar malakasini oshirish tizimidagi kamchiliklar muhokama qilindi
12:00 / 07.05.2026
“X-variant” tarqalganiga qaramay, tarixdan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
17:20 / 06.05.2026
14 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan mashina avariyaga uchradi, haydovchi vafot etdi
11:30 / 04.05.2026
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sanasi aniq bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Endi 1-sinflarni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi kerakmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Joriy o‘quv yilidan 1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari shart” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli?
17:11 / 12.02.2026
So'ragan edingiz
B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
O‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.
23:48 / 02.09.2025
So'ragan edingiz
Toifa olgan o‘qituvchi ko‘proq dars talab qilishga haqlimi?
Teng malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog xodimga dars soatlarini teng miqdorda, ya’ni dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi mumkin.
10:54 / 10.12.2025
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
“Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan dars berishga ruxsat etiladi.
17:16 / 02.12.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang