Ayrim toifadagi pedagoglar kasbiy sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod qilib turiladi

17:30 / 20.05.2024
11.15k
Ma’lumki, maktabga birinchi marta ishga kirgan stajyor-o‘qituvchilar uchun 21-22-may kunlari test sinovlari bo‘lib o‘tishi reja qilinmoqda. Belgilangan tatribga ko‘ra ayrim toifadagi pedagog kadrlar bunga jalb qilinmaydi. Ro‘yxat bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.
Quyidagilar kasbiy sertifikatlashga mutlaqo jalb etilmaydi
- Magistr darajasiga ega mutaxassislar;
- fan nomzodi, falsafa doktori Doctor of Philosophy (PhD);
- fan doktori Doctor of Science (DSc) darajasiga ega bo‘lganlar;
- Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodimlar;
- dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar.
Quyidagilar kasbiy sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod qilib turiladi
- homilador ayollar, homiladorlik yoki tug‘ish ta’tilida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
- pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar);
- uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;
- uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan so‘ng olti oy davomida.
Toifasiz o‘qituvchilar faqat bu yil kasbiy sertifikatga jalb qilinmaydi
Mazkur o‘quv yilida faqatgina pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchilar kasbiy sertifikatga jalb qilinadi.
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.
Talabalar ham kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilinmaydi
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarorida kasbiy sertifikatlash sinoviga faqat pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli talabgorlar jalb qilinishi nazarda tutilganligi bois ayni vaqtda maktablarda ishlayotgan talabalar ham kasbiy sertifikatga jalb qilinmaydi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

14:30 / 03.06.2025
Pedagog xodimlar 1-avgustdan boshlab oshirilgan miqdorda maosh oladilar

12:44 / 29.05.2025
“Qizil” maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

12:36 / 28.05.2025
Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

23:34 / 26.05.2025
Harbiylashgan maktabga aylantirilgan “Jasorat maktab”lariga iyun oyidan qabul boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar

Xorijiy til o‘qituvchilarining maktablarda ishlash tartibi bo‘yicha to‘liq tushuntirish
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan ayrim savollarga ham batafsil javob beramiz.
18:10 / 01.08.2024

Attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlash test sinovlari qaysi manzillarda o‘tkazilishini bilasizmi?
Vazirlik malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillarini e'lon qilgan.
21:00 / 26.03.2024

Ikkinchi marta ham kasbiy sertifikat ololmaganlar taqdiri nima bo‘ladi?
Yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi
11:26 / 22.08.2024

“Ish staji hamda malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagoglarni kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilish mumkin emas” – Vazirlik
Ayrim direktorlar topshiriqlar ijrosini noto‘g‘ri talqin qilgan
21:43 / 15.08.2024
Izohingizni tahrirlang