“Qizil” maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-may kungi 164-sonli buyrug‘i bilan 2025-2026 o‘quv yili uchun ta’lim sifati past maktablar ro‘yxati tasdiqlandi. Mazkur maktabga borib ishlaydigan pedagoglarga qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.
- bir viloyat doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
- boshqa viloyatdan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustama.
Boshqa hududdan ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarga jalb etilgan pedagoglarga faoliyat olib borgan davriga, biroq 2 yildan ortiq bo‘lmagan muddat davomida xizmat uy-joylari yoki tuman (shahar)lar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pullik kompensatsiya to‘lab berilishi ham ta’minlanadi.
- 6 oydan – 3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 10 foiz;
- 3 yildan – 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 20 foiz;
- 5 yildan – 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 30 foiz;
- 10 yildan – 15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 40 foiz;
- 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga esa 50 foiz ustama to‘lab beriladi.
Izohlar 37
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Kirish imtihonida qatnashgan abituriyentlarning 73 foizi talaba bo‘lolmadi
5 ming nafardan ortiq o‘qituvchi attestatsiyasiz toifa oldi
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Eslatma
“Qizil” maktabda ishlamoqchi bo‘lgan pedagoglar 25-iyulga qadar tegishli maktab direktoriga murojaat qilishi lozim
Boshqa hududlardagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan o‘qituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarning birini tanlab, ko‘rsatilgan vakant soatlar bo‘yicha 15-maydan 25-iyulga qadar umumta’lim maktabi direktoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qiladi.
Yangiliklar
Yangi o‘quv yili uchun “qizil” toifadagi maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli buyrug'i bilan ta’lim sifati past bo'gan maktablar ro'yxati tasdiqlandi. Mazkur maktabga borib ishlaydigan ayrim pedagoglarga esa qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.
Ta'lim siyosati
O‘quvchilarning bilim darajasi ularning oilaviy sharoitiga bog‘liqmi?
Kambag‘allik bolalarning ta’lim natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, o‘z navbatida past ta’lim natijalari esa kelajakda yuqori daromad topish imkoniyatlarini ham cheklaydi. Shu sababli, ta’lim insonning ijtimoiy holatini o‘zgartirishga yordam beradigan eng muhim vositalardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Ta'lim siyosati
Ta’lim sifati mavzusi ekspertlar nigohida
Bu mavzuga boshqa ta’lim ekspertlari Komil Jalilov hamda Shokir Tursunlar ham qo‘shilib, mavzu borasida o‘z fikr, mulohazalarini bildirdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang