Vazir ustamasi pullari berilmayapti (mi?)
09:00 / 08.06.2024
3.40k
Xabaringiz bor, pedagoglarga Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari o‘tkazilgandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar ro‘yxati tasdiqlangandi.
Unga ko‘ra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari (5 mln 775 ming so‘m) miqdorida har oylik ustama to‘lab berilishi kerak edi.
Ammo ayni damda iyun oyi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab hududlarda pedagog xodimlarga mazkur ustamalar to‘lab berilmagan.
“Vazirlik pulni tashlab berishi kerak edi, vazirlik maktab o‘z hisobidan kelib chiqqan holatda to‘lab bersin deb qaytarib yuboribdi tumanga”, deydi vazir ustamasiga erishgan pedagoglardan biri.
Boshqa pedagoglarning aytishicha, o‘tgan yili ham shunday holatlar tez-tez bo‘lib turgan. Hozir ham ayrim tumanlarga tushgan, ayrim tumandagi pedagoglarga esa haligacha vazir ustamasi pullari to‘lab berilmagan.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra ustama oladigan pedagoglar ro‘yxatini tasdiqlash haqida vazirining buyrug‘i qabul qilingandan so‘ng 5 ish kunida tegishli mablag‘larni hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib berishi kerak edi.
Vazirlik tomonidan mablag‘lar o‘tkazib berilgandan so‘ng hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan uzog‘i bilan 6 ish kuni ichida pedagog xodimlarga to‘lovlar amalga oshirilishi lozim.
Vazirlik tomonidan mablag‘lar o‘tkazib berilgandan so‘ng hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan uzog‘i bilan 6 ish kuni ichida pedagog xodimlarga to‘lovlar amalga oshirilishi lozim.
O‘ylaymizki, mazkur holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tez orada rasmiy munosabat bildiradi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
12:17 / 04.11.2024
Oddiy maktablarda qisqartirilgan laborant lavozimi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy qilindi
21:26 / 30.10.2024
2025-yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun budjetdan qancha mablag‘ ajratilmoqda?
21:03 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
15:46 / 30.10.2024
“O‘qituvchilarning barcha takliflarni shaxsan o‘zim o‘qib boryapman” – Hilola Umarova
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazir ustamasi
Muallimdan maktub
Yangiliklar
Endilikda bog'cha xodimlariga ham vazir jamg'armasidan ustamalar beriladi
Bu haqda Prezident farmoni imzolandi
15:45 / 04.10.2024
23-27-aprel kunlari vazir ustamasiga da’vogar pedagoglar uchun suhbat bo‘lib o‘tadi
Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglarga 5 mln 775 ming so‘mlik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.
08:00 / 21.04.2024
Biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari vazir ustamasidan norozimiz
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari saralash imtihonlarida tushgan test savollaridan norozi.
20:30 / 25.03.2024
Vazir ustamasi uchun o‘tkazilgan testda qatnasholmagan o‘qituvchilarga qayta imtihon o‘tkaziladi
1-bosqich test sinovlarida 144 nafar nomzod pedagoglar ishtirok etmagan.
11:20 / 11.03.2024
Izohingizni tahrirlang