Maktabda ishlayotgan talabaga ustama tayinlasa bo‘ladimi?
21:09 / 09.06.2024
12.84k
Savol
Sirtqi ta’lim, 4-kurs talabasi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib, asosiy xodim sifatida ishlaydi. U o‘quv yili yakuni bilan ustama to‘g‘risidagi 823-sonli qarorning baholash mezonlariga to‘g‘ri kelsa ustama belgilasa bo‘ladimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizom umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog (ular umumiy sonining ko‘pi bilan 50 foizi), psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yo‘li bilan ularni moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
Maktabda ishlayotgan talabaga ustama tayinlash masalasiga oydinlik kiritish uchun pedagog xodim o‘zi kim degan savolga aniqlik kiritib o‘tsak.
Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs pedagog hisoblanadi. Demak, maktabda mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan talabalar ham pedagog hisoblanadi.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra oliy ta’lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda esa maktabda ishlaydigan talabalarga ustama tayinlash bo‘yicha hech qanday cheklov qo‘yilmagan.
Agar sirtqi ta’limda o‘qiyotgan xodim o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi bo‘lsa-chi?
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 24-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasasidagi pedagog xodimlar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekanligidan qat’i nazar, belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadi va ko‘rsatkichlariga ko‘ra Ishchi guruh qarori asosida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilanadi.
Ya’ni, o‘qituvchining oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli bo‘lishi unga ustama tayinlashda hech qanday rol o‘ynamaydi. Asosiysi pedagog xodim nizomda belgilangan baholash mezonlari talablariga javob bersa kifoya.
Demak, sirtqi ta’lim, 4-kurs talabasi bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi baholash mezonlari talablariga javob bersa, unga ustama tayinlash mumkin deb hisoblaymiz.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
09:00 / 26.05.2026
Nihoyat, pedagog xodim atamasidagi chalkashliklarga chek qo‘yilishi mumkin
12:00 / 21.05.2026
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
12:00 / 19.05.2026
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
13:00 / 18.05.2026
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
Ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar nizom talabi bo‘yicha ishlashi lozim.
16:00 / 11.06.2024
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.
21:37 / 09.07.2025
So'ragan edingiz
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
22:30 / 23.06.2024
Yangiliklar
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi.
00:01 / 15.02.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang