Ta’til pulini hisoblash bo‘yicha sodda tushuntirish

14:02 / 12.06.2024
17.31k
Mehnat kodeksining 257-moddasi o‘rtacha ish haqi va uni hisoblab chiqarish tartibini belgilab beradi.
Diqqat! Ta’til pulini shartli ravishda hisoblab chiqamiz. Bunda aynan shunday ekan degan tasavvur paydo bo‘lmasligi lozim. Taxminiy xomcho‘t qilib beramiz.
Demak, ish yili davomida to‘liq ishlagan, 1 stavkadagi o‘qituvchining okladini taxminan 3 million so‘m deb olamiz. Shu o‘qituvchi yil davomida jami 6 million so‘m turli ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar olgan deylik.
Shunda 6 million/12=500 000. 3 mln+500 ming=3,5 miln. Ya’ni, o‘rtacha oylik haqi 3,5 mln.
Shunda 6 million/12=500 000. 3 mln+500 ming=3,5 miln. Ya’ni, o‘rtacha oylik haqi 3,5 mln.
Endi 1 kunlik o‘rtacha kunlik ish haqini hisoblaymiz. Bunda 3,5 mln: 25.3=138 340 so‘m.
Nega aynan 25.3 ga bo‘linyapti?
Sababi, 365 (birinchi yildagi kunlar soni) – 52 (birinchi yildagi yakshanbalar soni) – 9 (MK 208-moddasidagi ishlanmaydigan bayram kunlari soni) = 304/12 (bir yildagi oylar soni)= 25.3.
O‘qituvchining ta’tili 56 kalendar kun. Lekin biz 25.3 ni 56 kalendar kunga emas, balki 48 ish kuniga ko‘paytiramiz. Sababi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.06.2023-yildagi 263-son “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlarini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga ko‘ra, ushbu me’yorlarda keltirilgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi.
Demak, 48 (ish kuni) * 138 340 so‘m (1 kunlik o‘rtacha kunlik ish haqi)=6 million 640 so‘m.
Diqqat! Yana bir bor qaytaramiz, bu sizlarga tushunarli bo‘lishi uchun, imkon qadar soddaroq qilib tushuntirilgan xomcho‘t! Sababi MK 257-moddasida o‘rtacha ish haqi va uni hisoblab chiqarishning alohida o‘ziga xos jihatlari ham bor.
Masalan, o‘rtacha ish haqi hisoblab chiqarilayotganda hisob-kitob davridan vaqt, shuningdek ushbu vaqtda hisoblangan summalar chiqarib tashlanadi, agar:
Masalan, o‘rtacha ish haqi hisoblab chiqarilayotganda hisob-kitob davridan vaqt, shuningdek ushbu vaqtda hisoblangan summalar chiqarib tashlanadi, agar:
- qonunchilikka muvofiq xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qolgan bo‘lsa, bundan ushbu Kodeksning 407-moddasida nazarda tutilgan bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar mustasno;
- xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini yoki homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olgan bo‘lsa;
- xodim ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolish munosabati bilan ishlamagan bo‘lsa;
- xodimga ushbu Kodeksning 399-moddasiga muvofiq nogironligi bo‘lgan bolalarni va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarishlash uchun qo‘shimcha haq to‘lanadigan dam olish kunlari berilgan bo‘lsa;
- xodim qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda ish haqi to‘liq yoki qisman saqlanadigan yoki haq to‘lanmaydigan ishdan ozod etilgan bo‘lsa.
Mehnat huquqiga oid maqolalarni Mehnat huquqi telegram kanalida ham kuzatib boring.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

12:17 / 04.05.2025
Yangi o‘quv yilidan musiqa va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat uchun ustama beriladimi?

18:16 / 03.05.2025
Ta’lim vaziri o‘rinbosarlari soni 5 nafarga yetdi

11:03 / 03.05.2025
Ta’limda maoshlarning nisbiy kamayishi to‘xtagani yo‘q

17:40 / 02.05.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lajak pedagog kadrlarni ham o‘zi tayyorlamoqchi
Mavzuga doir yangiliklar

Ish haqi saqlanmaydigan ta’til haqida nimalarni bilasiz?
Ushbu maqolada ish haqi saqlanmaydigan ta’til tushunchasi haqida so'z boradi
16:00 / 16.12.2024

Intervyu
56 kalendar kun yoki 48 ish kunidan iborat mehnat ta’tilining asosiy farqi nimada?
16:20 / 07.07.2023

Sentyabrda ishga kirgan o‘qituvchiga necha kunlik "otpuska puli" chiqadi?
Pedagog xodimga ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda ta'til beriladi.
21:50 / 08.07.2024

Ta’tilda bo‘lgan pedagoglarga topshiriqlar berilishi to‘g‘rimi?
Mehnat ta’tilida bo‘lgan xodimni qo‘shimcha ishlarga jalb qilish mumkin emas.
12:22 / 09.07.2024
Izohingizni tahrirlang