Maktabdagi 100 foiz o‘qituvchilarga mukofot puli bersa bo‘ladimi?

Ma’lumki, avvallari pedagog xodim umumta’lim muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi va o‘z faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligi uchun hamda respublikamizda nishonlanadigan bayram sanalari munosabati bilan kalendar yili davomida jami ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofot puli to‘lash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantirilishi, bu yiliga bir necha marotaba amalga oshirilishi mumkin edi.
Ya’ni, ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilar ko‘rsatgan natijalariga qarab kalendar yili davomida navbatma-navbat lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda pul mukofoti bilan rag‘batlantirilardi.
Lekin afsuski, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan ushbu tartibga cheklov o‘rnatildi. Amaldagi tartibga ko‘ra umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqatgina “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha (525 ming so‘m) miqdorida mukofotlanishi mumkin.
Mukofot pulini ta’lim muassasasidagi barcha o‘qituvchilarga bersa bo‘ladimi?
Shuni e’tiborga olish kerakki, 1-oktyabr munosabati bilan pedagog xodimlarga mukofot pullari berish ish beruvchining mutlaq huquqi sanaladi. Biroq bunday turdagi pullarni berish jamoa shartnomasida aks etgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni amalga oshirish ish beruvchiga majburiyat sifatida yuklanadi.
Ya’ni, pedagog xodimlarga mukofot pullarini berish agar jamoa shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, barcha o‘qituvchilarga berilishi kerak.
Shuni unutmaslik kerakki, pedagog xodimlarga mukofot puli berish ta’lim muassasalarida tuzilgan Ishchi guruh qarori asosida amalga oshiriladi.
Bunda umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida Ishchi guruh qarori qabul qilinadi. Shundan so‘ng, Ishchi guruhning qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan maktab direktorining buyrug‘i chiqariladi.
Ishchi guruhning qarori asosida qabul qilingan maktab direktorining buyrug‘iga muvofiq umumta’lim muassasalari xodimlariga mukofot pullari to‘lab beriladi.
Diqqat: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar MMTB va viloyatlar MMTB, tuman (shahar) MMTBlari ishchi guruhining faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari jinoyat ustida qo‘lga olindi

O‘quvchilar uchun yangi olimpiada tashkil etilib, g‘oliblar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da qatnashib, mashina yutib oldi
Mavzuga doir yangiliklar

Pedagoglarga beriladigan mukofot puli miqdori oshirildi
Endilikda pedagog va rahbar xodimlarga “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 577 ming 500 so‘m emas, balki 866 ming 250 so‘m miqdorida mukofot puli beriladi.

Pedagoglarga qancha mukofot puli to‘lanishi kerak?
525 ming yoki 577 ming 500 so‘m?

Yangi ishga kirgan, dekretdan qaytgan yoki ta’tildagi pedagoglar ham mukofot puli olishi mumkinmi?
Ular mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin

Ustama tayinlangan o‘qituvchiga mukofot puli berib bo‘lmaydimi?
Ustama tayinlangan pedagog xodimga mukofot puli bermaslik to‘g‘risida hech qanday qoida belgilanmagan.
Izohingizni tahrirlang