2-sinfda o'qiydigan qizini 8,7 ming dollarga sotgan ona 8 yilga qamaldi
Toshkent shahrida 2-sinfda o‘qiydigan qizini 8,7 ming dollarga sotgan ayol va uning sherigiga sud hukmi o‘qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, Toshkentdan kelgan ayol besh nafar farzandning onasini qistovga olgan. So‘ng bir oila buzilib ketmasligi vaji bilan qizini olib ona poytaxtga “mijoz”larining sharoitini ko‘rish uchun borgan.
Vositachilikni esa uning qo‘shnisi qilgan. Kelishuv bo‘yicha mijoz tarafdagi ayol 10 million so‘m, qo‘shni esa 6,5 million so‘m olishi kerak bo‘lgan. Qizaloq uchun beriladigan umumiy pul miqdori 8 ming 700 dollar bo‘lgan.
Tezkor tadbir natijasida jinoyatchilar ashyoviy dalillar bilan voqea joyida ushlangan.
“Besh nafar farzandim bor, 4 nafari voyaga yetmagan. Qo‘shnim jiyanning farzandi yo‘q ekan, anchadan beri farzand borasida qiynalayotgan ekan, dedi. Birinchi yo‘q, dedim. Telefon qilaverganidan keyin jiyani bilan gaplashmoqchiman, dedim. O‘rtada oila buzilib ketmasin, dedim. Farzandimni bermoqchi emasdim. Toshkentga nikoh guvohnomasi bormi, uy-joyi qanaqa shuni bilgani kelgan edim”, deydi ayol.
O‘rtada vositachi bo‘lgan ayol esa buni savob uchun qilganini aytgan.
Sud hukmi bilan ona va qo‘shni ayolga 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan shartli hisoblanib, uch yil sinov muddati belgilandi. Agar ayollar belgilangan muddatda yana jinoyatga qo‘l ursa, eng kamida 8 yilga qamaladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Ayrim kollej binolari maktablarga aylantiriladi
O‘quvchilarning poyezd ustida selfi tushishi qimmatga tushdi
Ta’lim muassasasiga tijorat kompaniyasi xodimlarini kiritgan direktorlar ishdan olindi
Vazir Xilola Umarova lavozimidan voz kechmoqchi...mi?
Mavzuga doir yangiliklar
Ta’lim muassasasiga tijorat kompaniyasi xodimlarini kiritgan direktorlar ishdan olindi
Ular faoliyati shubhali bo‘lgan tijorat kompaniyasi xodimlarini muassasaga kiritgan
“Open Budget”ni targ‘ib qilgan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi
O‘qituvchilar “Tashabbusli budjet” uchun majburan ovoz yig‘ishga jalb qilgan
Bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs qamoqqa olindi
Holat Surxondaryo viloyati Boysun tumanida aniqlangan
9-sinf o‘quvchisi qamoqqa olindi
U bezorilik jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilgan
Izohingizni tahrirlang