Maktabga ishga kirish uchun milliy sertifkat kerakmi?
Savol
Universitetda ona tili va adabiyot yo‘nalishida, 4-kursda o‘qiyman. Maktabdagi vakansiya joy uchun ish so‘rab borsam, milliy sertifikat talab qilishyapti. Bu sertifikatsiz ishga olmaymiz deyishdi. Ularning talabi asoslimi?
Javob
Ona tili va adabiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar yoki mazkur yo‘nalishni tamaomlagan birtiruvchilardan milliy sertifikat talab qilish noto‘g‘ri. Ish beruvchilar buni kasbiy sertifikat yoki xorijiy til o‘qituvchilariga qo‘yilgan B2 sertifikatlari bilan chalkashtirmasliklari lozim.
Kasbiy sertifikat nima?
Kasbiy sertifikat — nazorat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan jismoniy shaxsga pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beradigan, cheklanmagan muddatga beriladigan QR-kod qo‘yilgan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadi.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qaroriga ko‘ra, endilikda ilk bor ishga qabul qilingan nomzodlar bir yil o‘qituvchi-stajyor bo‘lib ishlaydi va yil yakuni bilan nazorat sinovlarida qatnashib, kasbiy sertifikat olishi lozim bo‘ladi. (Lekin, mazkur sertifikat ham yangi ishga kirayotgan talabgorlardan talab qilinmaydi.)
Birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan o‘ta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovlari tashkil etiladi.
Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
B2 sertifikati talabi kimlarga nisbatan qo‘llaniladi?
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qarorining 9-bandiga muvofiq davlat ta’lim muassasasiga xorijiy til o‘qituvchisi sifatida ishga kirayotgan talabgordan u talaba bo‘ladimi yoki oliy ma’lumotli shaxs bo‘ladimi yangi ishga qabul qilinayotgan bo‘lsa, albatta B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikat talab qilinadi. Bu talab esa boshqa fan o‘qituvchilariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Milliy sertifikat nima?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–134-sonli farmoni 9-bandiga ko‘ra Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida ustamalar to‘lab berish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori bilan xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Ya’ni, milliy sertifikatga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.
Xulosa qilib aytganda, xorijiy til o‘qituvchilaridan tashqari, boshqa fan o‘qituvchilaridan milliy yoki xalqaro sertifikatlar talab qilish noto‘g‘ri bo‘ladi.
Milliy yoki xalqaro sertifikatlarni olish pedagog xodimlarning (xorijiy til o‘qituvchilari bundan mustasno) huquqi hisoblanadi, majburiyat emas.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“X-variant” mojarosiga to‘liq nuqta qo‘yildimi?
Agentlik tahririyat bilan bog‘lanib, bir qancha savollarimizga javob berib, tarix fanidan o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” imtihonining tahliliy natijalarini ham tahririyat ixtiyoriga topshirdi.
Yangiliklar
“X-variant” bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi zarur” — tarixchilar va jamoatchilik faollari
Tarix fanidan “Milliy sertifikat” imtihonlari atrofida davom etayotgan “x-variant” mojarosi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Yangiliklar
“X-variant” mojarosi davom etadi: imtihondan 2 kun oldin mavjud bo‘lgan “Yangi fayl” tahririyatga yetib keldi va undagi 31 ta test savoli imtihonda tushgani ma’lum bo‘ldi
2-aprel kuni (imtihondan 1 kun oldin) mavjud bo‘lgan yana bir fayl tahririyat ixtiyoriga kelib tushdi. Unda 72 ta savol mavjud bo‘lib, hozirgacha aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 31 tasi 4, 5 va 7-aprel kunlari tarix fanidan bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonlarida tushgan.
Yangiliklar
“X-variant” tarqalganiga qaramay, tarixdan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
Avvalroq, aprel oyi boshida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonining savollari oldindan tarqalgani va sotilgani haqida xabar bergandik.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang