Rossiyadagi bog‘cha va maktablarda yangi virus tarqalmoqda

Rossiyadagi bolalar bog‘chasi va maktablarda Koksaki virusi tarqala boshladi. Bu haqda RIA Novosti manbasiga tayanib, Qalampir.uz nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kasallik holatlari Moskva va Vladimir viloyatlarida, shuningdek, Krasnodar o‘lkasida qayd etilgan. Ota-onalar infeksiyani Turkiyadan qaytgan sayyohlar olib kelgan bo‘lishi mumkinligidan xavotirda.
Vladimirda bog‘chalardan biridagi bolalarning onalari aytishicha, ularning guruhiga virusli bolani olib kelishgan, shundan so‘ng barcha uch yoshli bolalar kasal bo‘lib qolgan.
Bolalarning og‘zida dastlab yaralar paydo bo‘lgan, keyin esa tanalarida toshma tosha boshlagan. Mahalliy shifoxonadagi ota-onalarning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar ularga bu Koksaki virusi ekanini aytgan.
Krasnodar o‘lkasida ham virus keng tarqala boshlagan. Kasal bolalarning ota-onalariga ko‘ra, kamida bitta maktab o‘quvchisiga shifoxonada Koksaki tashxisi qo‘yilgan.
“Biz Krasnodar o‘lkasida yashaymiz, bu yerda sayyohlar ko‘p bo‘ladi. Jiyanim MMA musobaqasida edi, balki o‘sha yerda yuqib qolgandir. Qishlog‘imizda hozir 11 yoshgacha bo‘lgan ko‘plab bolalarning oyoq-qo‘llarida shishlar paydo bo‘lib, isitmasi ko‘tarilib, og‘izlarida stomatitga o‘xshash narsa bor", degan Krasnodar aholisi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Gulnora Karimova o‘zlashtirgan pullardan ta’limga ham yo‘naltirilmoqda

Ikki mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti

Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar

Yana ikki nafar maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib, avtohalokatga uchradi
Mavzuga doir yangiliklar

Rossiyada maktab o‘quvchilarining mobil telefondan foydalanishi taqiqlandi
Rossiya Federatsiyasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartirishlar kiritilib, o‘quvchilarnung dars vaqtida mobil telefondan foydalana olmasligi belgilandi.

“Uchta o‘quvchida virusli kasallik aniqlansa, maktab karantinga yopiladi” — Sanepidqo‘mita vakili
Maktablarda tarqaladigan virusli kasalliklar haqida ma'lumot berildi

Toshkentdagi ikkita maktabda virusli gepatit aniqlandi
Maktabning sanitariya holati talabga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi

Rus tilini bilmaydigan migrantlar farzandiga Rossiya maktablarida o‘qish taqiqlanishi mumkin
Hujjat Rossiya parlamenti quyi palatasi saytida e’lon qilindi
Izohingizni tahrirlang