Attestatsiyada 86 va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama berilishi mumkin
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Raximboyev “Xalq ta’lim Info” bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga 70 foizlik ustama berish masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga 70 foizlik ustama berish yo‘lga qo‘yilmoqda. Hozirda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boshlangan. Tizim xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganidan keyin ushbu talablar asosida 86 ballik natija bilan malaka sertifikatini olgan pedagoglar 70 foizlik ustama olishlari mumkin bo‘ladi.
— Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga 70 foizlik ustama qanday to‘lanadi? Aytaylik, o‘qituvchi shu attestatsiyadan o‘tsa, 70 foizlik ustama qaysi oylik maoshdan kelib chiqib hisoblanadi?
— Hozirda ikkinchi toifa, birinchi toifa va oliy toifaning oyliklari ma’lum. Ana shu o‘zlari uchun belgilangan oylik maoshlariga nisbatan yetmish foiz ustama qo‘llanadi. Lekin bu degani, 62 ball olgan ustoz ikkinchi toifaga o‘ta olmaydi degani emas.
Masalan, men mutaxassis o‘qituvchi bo‘lsam, attestatsiyada qatnashib 62 ball oladigan bo‘lsam, ikkinchi toifani olaveraman. O‘sha yerda ko‘rsatilgan lavozim maoshimga ega bo‘laman. Agar men mutaxassis sifatida attestatsiyada qatnashsam, deylik to‘qson ball olsam, men ham ikkinchi toifaga, ham ikkinchi toifadagi oylik maoshimga va unga qo‘shilgan yetmish foiz ustamaga ega bo‘laman.
— Demak, bir vaqtning o‘zida ikki marta imkoniyat bo‘ladimi shunda?
— Ya’ni kimning kuchi yetsa, shunchaki ikkinchi toifaga o‘tadi, kim yanada kuchliroq bo‘lsa, o‘sha yetmish foiz bilan ikkinchi toifaga o‘tadi. Ya’ni toifasidan qat’i nazar, hammaga, 86 balldan yuqori olganlarga 70 foizlik ustama qo‘llanishi nazarda tutilmoqda.
— U holda faqat o‘sha 70 foizlik ustama uchun alohida test topshirish shart bo‘lmaydimi?
— Ha shunday. Faqat o‘qituvchi buning uchun attestatsiya test sinovida qatnashishi kerak. Attestatsiyadan ozod qilinganlar, marhamat, navbatdan tashqari attestatsiyaga kelishi mumkin. Shuningdek, xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglar ham 70 foizlik ustamani olish uchun navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishlari kerak bo‘ladi.
Imkoniyatlarning barchasi ustozlarimiz uchun. Ya’ni, o‘qituvchilarning maoshini oshirish masalasida, lekin faqat bilimlilariga va o‘z ustida ishlayotganlariga. Men bahorgi attestatsiyadan beri o‘qituvchilarni kuzatib kelaman, ular tinimsiz o‘z ustlarida ishlashdi. Yangi asr ko‘nikmalariga ega bo‘lish uchun, bilimlarini oshirishdi, kerak bo‘lsa, hatto ko‘pchiligi pulli kurslarga qatnashdi.
Bizning maqsadimiz shu emasmidi, o‘qituvchini bilimli qilish emasmidi? Ya’ni, maqsadga erishyapmiz demoqchiman.Kim o‘zini ustida ishlamasa, afsuski, nizomga ko‘ra u bilan xayrlashishimizga to‘g‘ri keladi, kim o‘z ustida ishlasa, nafaqat toifasini oshirib olishi, balki keyingi o‘quv yildan boshlab xalqaro akkreditatsiyadan o‘tadigan bo‘lsak, o‘qituvchilar 70% ustamaga ham ega bo‘lishi mumkin bo‘ladi.
Vazirlik mas’ul xodimi Sardor Raximboyevning fikrlaridan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, kelgusida attestatsiya test sinovlarida 86 ballik natijani qayd etgan barcha pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lab beriladi. Bunda pedagoglarning qaysi malaka toifasi uchun attestatsiya test sinoviga jalb qilinganligi ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Ya’ni, ikkinchi, birinchi yoki oliy toifa olish uchun test sinovlarida qatnashgan barcha o‘qituvchilar 86 balldan yuqori natijani qayd etadigan bo‘lsa, malaka toifasiga qo‘shimcha ravishda 70 foizlik ustamaga ega bo‘lishi mumkin bo‘ladi.
Izohlar 9
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egasi” olib kelinadi
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?
Qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
So'ragan edingiz
Haj safari sababli attestatsiyada qatnasha olmagan o‘qituvchilar uchun imkoniyat beriladimi?
Uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.
Yangiliklar
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Mazkur holat yuzasidan Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijasida Farg‘ona viloyatidagi 26-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi X.N.K. ruxsat etilmagan maxsus qurilma yordamida test savollarini suratga olgani aniqlandi.
Yangiliklar
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Taʼlim va ilm-fan vazirligining xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, bu yil sinovlarda qatnashish istagini bildirgan pedagoglardan 302 ming 422 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 16 ming 604 tasi, yaʼni 5,5 foizi navbatdagi majburiy attestatsiyaga, qolgan 285 mingdan ortigʻi esa navbatdan tashqari attestatsiyaga tegishli.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang