Respublikadagi 208 ta maktab harbiylashtirilgan ta’lim muassasasiga aylantiriladi

2024-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 393-sonli qarori imzolandi.
Mazkur qaror bilan respublikadagi har bir tuman (shahar)da bitta umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida bolalarni kichik yoshidan vatanparvar qilib tarbiyalashga yo‘naltirilgan “Jasorat maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu maktablarda o‘qish uchun o‘quvchilarni saralash 5-sinfdan boshlab amalga oshiriladi.
Ushbu maktablarda o‘quv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
“Jasorat maktablari” ga biriktiriladigan CHQBT rahbarlariga ta’lim tashkiloti o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkasi bilan birga tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari fuqaro xodimlari uchun belgilangan mehnatga hak to‘lash, ustama haq, qo‘shimcha to‘lov, rag‘batlantirish va moddiy yordam ko‘rsatish shartlari ham tatbiq etiladi.
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab “Jasorat maktabi”ni a’lo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining a’zosi bo‘lgan bir nafar o‘quvchiga oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.
Shuningdek, “Jasorat maktablari”da:
- matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi;
- robototexnika, kelajak o‘yinlari, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport o‘yinlari kabi to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkaziladi;
- o‘quv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi

Toshkentdagi 3 ta maktabga 1 milliardga yaqin pul ajratildi

Xalq ta’limi Info tahriryati rahbari Bolalar ombudsmani bilan uchrashdi

Izohingizni tahrirlang