Toshkentda o‘quvchilar orasida sintetik narkotik iste’mol qilish ko‘payayotgani aytildi

O‘zbekistonda yoshlarning narkomaniyaga ruju qo‘yishi bo‘yicha eng ko‘p holat Toshkent shahrida qayd etilmoqda. Poytaxtda, shuningdek, o‘quvchilar orasida sintetik narkotiklar iste’mol qilish holatlari ham ko‘payib boryapti.
O‘zbekistonda yoshlarning giyohvandlik moddalariga ruju qo‘yishi va iste’moli bo‘yicha eng ko‘p holatlar qayd etilayotgan hudud Toshkent shahri bo‘lib turibdi. Bu haqda 15-noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xalqaro tadbirdan so‘ng jurnalistlarga intervyu bergan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.
Hozirda Toshkent shahrida rasmiy statistika bo‘yicha 18−30 yosh oralig‘idagi 473 ming nafar yigit-qiz bo‘lsa, ularning 6 ming nafari og‘ir toifadagi yoshlar hisoblanadi. Durdona Rahimovaning qayd etishicha, shu 6 ming kishining 373 nafari giyohvandlik vositalariga surunkali ravishda ruju qo‘ygan va psixotrop moddalarni iste’mol qiladi.
Durdona Rahimovaning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda o‘quvchilar orasida sintetik giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish holatlari ham ko‘payib boryapti.
“Afsuski, psixotrop moddalarni iste’mol qilayotgan maktab o‘quvchilari ham bor, buni inkor qilib bo‘lmaydi. Bu muammoning ijtimoiy xavfini hisobga olib, uni aniqlashdan qochmaslik kerak, deb o‘ylayman.
Shu maqsadda maktablarda turli reydlar o‘tkazilyapti, 10-, 11-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan profilaktik tadbirlar olib borilyapti. Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda talabalar o‘rtasida ham bunday holatlarni aniqlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan”, — dedi u.
Hokim o‘rinbosarining ta’kidlashicha, yotoqxonalarda yashaydigan talabalarga nisbatan e’tiborni kuchaytirish, ularning kechki payt yotoqxonaga o‘z vaqtida kelishi va darsini qilishi ustidan doimiy nazoratni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha profilaktik tadbirlar ham olib borilyapti.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Yana 4 nafar o'qituvchi vazirlikni sudga bergani uchun bosimga uchragani aytilmoqda

Xorijiy til o‘qituvchilariga B2 sertifikati uchun avgust oyida qo‘shimcha imtihon o‘tkaziladigan bo‘ldi

Toshkentda maktab avtobuslarini ishga tushirish taklif qilindi

Bugundan boshlab maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat yuzasidan reydlar boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar

Giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
Maktab direktori sherigi bilan shartli xaridorga qariyb 1 kg opiy giyohvand moddasini 12 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida tezkor tadbirda ushlandi.

Maktablar atrofida xavfli konfet tarqatilmoqdami?
Ijtimoiy tarmoqlardagi maktabda o‘quvchilarga noma’lum tarkibdagi konfet tarqatilayotganligi haqida xabar tarqaldi.
Izohingizni tahrirlang