Yangi baholashga o‘tgan maktablarni qog‘oz bilan ta’minlash vazirlik mablag‘lari hisobidan qoplanadi — MMTV
Ma’lumki, 2024-2025-o‘quv yilida mamlakatimizdagi 1500 ta maktabda yangi baholash tartibi joriy qilindi va ayni vaqtda ushbu ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning bilim darajasi mazkur tizim asosida baholanmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yangi baholash tizimi bo‘yicha pedagog va ota-onalardan kelib tushayotgan ayrim savollarga javob berdi.
1-savol:
Biz turli ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali CHSB test savollarini olyapmiz, ammo ushbu savollarda turli tafovut va noaniqliklarni kuzatyapmiz. Buning sababi nimada?
Javob: Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktab o‘quvchilari bilimini baholash uchun Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan namunaviy test savollari ishlab chiqilgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining e-maktab.uz platformasiga joylashtirilgan.
Pedagoglar va ota-onalardan yangi baholash tizimi bo‘yicha barcha fanlarga tegishli namunaviy test savollarini faqat e-maktab.uz platformasidan yuklab olishlarini so‘raymiz. Boshqa turdagi axborot kanallari va ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi savollarning to‘g‘riligi haqidagi xabarlar haqiqatga mos emas.
2-savol:
CHSB imtihonlari uchun sarflanayotgan qog‘oz va bosmaxona xarajatlari qaysi mablag‘lar hisobidan qoplanyapti? Buning uchun ota-onalardan mablag‘ talab etiladimi?
Javob: Yo‘q, ota-onalardan mablag‘ talab etilmaydi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 17-oktyabrdagi tegishli buyrug‘iga asosan, 2024-yil I va II chorak imtihonlari Toshkent shahar, Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi tanlab olingan va yangi baholash tizimi joriy etilgan 168 ta maktabda e-maktab.uz platformasi orqali onlayn, qolgan 1332 ta maktabda an’anaviy tarzda tashkil etilishi belgilangan.
An’anaviy tarzda imtihon o‘tkaziladigan 582 ta maktab uchun ajratiladigan (6400 ta o‘ram) qog‘oz mahsulotlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta’lim sohasida islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Shuningdek, ushbu maktablarning nazorat materiallari hududiy boshqarmalarga maxsus ajratilgan printer qurilmalarida chop etiladi.
Qolgan 750 ta maktabga ajratiladigan nazorat materiallari o‘rnatilgan tartibda vazirlik tizimidagi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etib kelinmoqda. Mazkur xarajatlar uchun ota-onalardan pul mablag‘lari talab etilishi mumkin emas.
3-savol:
Agar imtihon kunlari farzandim kasal bo‘lib qolganligi sababli sinovlarda qayta ishtirok etsa, imtihon ballari tushib ketar ekan, shu to‘g‘rimi?
Javob: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Mezonlarga asoslangan baholash tizimini umumiy o‘rta ta’lim maktablariga joriy etish bo‘yicha tartib”da bu haqida batafsil aytib o‘tilgan.
Unga binoan, asosli sabablar (kasal bo‘lganligi, yaqin qarindoshlaridan birining vafoti, turli olimpiada va tanlovlardagi ishtiroki)ga ko‘ra baholash jarayonida qatnasha olmagan o‘quvchilar uchun sinovlar alohida o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilarga amaldagi baholash mezonlari (maksimal 40 ball)ga ko‘ra olgan ballari qo‘yiladi.
Uzrsiz sabablarga ko‘ra baholashda qatnashmagan, ichki tartib-qoidalarni buzgani uchun jarayondan chetlashtirilgan yoki 12 balldan past natija qayd etgan o‘quvchilarning maksimal bali 26 balldan oshishi mumkin emas.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda
Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 5000 taga yetkazildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab qo‘shimcha 1 568 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida mezonlarga asoslangan baholash tizimi joriy etiladi.
Ta'lim siyosati
O‘zbekistondagi maktab imtihonlari xorijlik o‘qituvchilar tomonidan tanqid qilindi
O‘zbekistonlik o‘qituvchilar test topshiriqlarining javoblarini doskaga yozib berib, o‘quvchilardan ularni javoblar varag‘iga ko‘chirishni so‘ragani tanqid qilindi.
Maktablardagi yangi baholash tizimini bekor qilish haqidagi petitsiyaga 10 mingdan ortiq ovoz yig‘ildi
Jamoaviy murojaatga ovoz berish uchun hali 63 kun qolgan bo‘lishiga qaramay, u 10 mingdan ortiq ovoz yig‘ishga ulgurdi. Ammo ushbu petitsiyaga qarshi ovoz berganlar ham yo‘q emas.
Ta'lim siyosati
Yangi baholash tizimi bekor qilinmasligi kerak, ammo...
Ushbu maqolada yangi baholash tizimi haqida so'z boradi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang