Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 5000 taga yetkazildi
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab 500 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etildi, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab esa mazkur maktablarning har biriga 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi 1 500 taga oshirildi.
Yangi baholash tizimi 1 500 ta maktabda joriy etilgach, ushbu tizim kamchiliklari haqida ayrim o‘qituvchi va ota-onalar turli e’tirozlar bildira boshladi. Tizimdagi kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmay turib, 2025-yilda yangi baholash tizimi joriy etilgan umumta’lim maktablar sonini 1 500 tadan 3 000 taga yetkazilishi aytildi.
Yangi baholash tizimidan norozi bo‘layotgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, ota-onalar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga murojaat ham yo‘lladi. Shuningdek, “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga “Родители против 100 бальной системы обучения!” (Ota-onalar 100 ballik o‘qitish tizimiga qarshi) sarlavhasi ostida petitsiya e’lon qilinib, u qisqa vaqt ichida 10 mingdan ortiq ovoz yig‘ishga ulgurgandi.
Hali hamon internetning o‘zbek segmentida maktablardagi yangi joriy qilinayotgan baholash tizimi (BSB, ChSB) muhokamalar markazida turibdi, aniqrog‘i qattiq tanqid qilib kelinmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab qo‘shimcha 1 568 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida mezonlarga asoslangan baholash tizimi joriy etiladi. Natijada mazkur tizim respublika bo‘yicha 5 000 dan ortiq maktabni qamrab oladi. [Maktablar ro‘yxati]
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi rejasiga ko‘ra, 2026-yil iyul-sentyabr oylarida Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy qilingan umumiy joriy o‘rta muassasalari ulushi oshirilishi nazarda tutilgandi.
Bunda 2025/2026-o‘quv yili yakunida 3 434 ta umumta’lim maktabida joriy etilgan o‘quvchilar bilimni baholashning yangi tartibi samaradorligi tahlil qilinib, tahlillar natijasiga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab yangi baholash tizimi joriy etiladigan maktablar soni 4 500 taga yetkazilishi nazarda tutilgandi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim tizimidagi takrorlanuvchi vazifalar qisqartiriladi, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi
Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatildi
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
2026-2027-o‘quv yilida 40 foizgacha ustama oladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
2026-yil 23-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirrining 359-sonli buyrug‘i bilan rahbar va pedagog kadrlarga ustama toʻlanadigan 601 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ta'lim siyosati
O‘zbekistondagi maktab imtihonlari xorijlik o‘qituvchilar tomonidan tanqid qilindi
O‘zbekistonlik o‘qituvchilar test topshiriqlarining javoblarini doskaga yozib berib, o‘quvchilardan ularni javoblar varag‘iga ko‘chirishni so‘ragani tanqid qilindi.
Maktablardagi yangi baholash tizimini bekor qilish haqidagi petitsiyaga 10 mingdan ortiq ovoz yig‘ildi
Jamoaviy murojaatga ovoz berish uchun hali 63 kun qolgan bo‘lishiga qaramay, u 10 mingdan ortiq ovoz yig‘ishga ulgurdi. Ammo ushbu petitsiyaga qarshi ovoz berganlar ham yo‘q emas.
Ta'lim siyosati
Yangi baholash tizimi bekor qilinmasligi kerak, ammo...
Ushbu maqolada yangi baholash tizimi haqida so'z boradi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang