Maktablar yaqinida 30 km/s tezlikdan oshganlar jarima to‘laydi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 172-sonli qarorining 78- bandiga asosan, aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada esa 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etilishi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-mart kungi 148-sonli “Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorining 3-bandiga ko‘ra, yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida, temir yo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy texnik vositalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovasi tasdiqlangan.
Unga ko‘ra 2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich o‘rnatilishi belgilangan.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, YHXX tomonidan belgilanadigan joylarga o‘rnatiladi.
Ayni vaqtda mazkur ilova hamda xavfsiz shahar loyihalari ijrosini ta’minlash maqsadida, hududlarda yo‘l yoqalarida joylashgan ta’lim muassasalari yonida tezlikni o‘lchovchi foto va video qayd etish radar moslamalari o‘rnatib chiqilmoqda.
Bunda maktablar yaqinida avtomobilni 30 km/s tezlikdan oshirgan haydovchilar tegishli tartibda jarima to‘laydi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
“Uchta o‘quvchida virusli kasallik aniqlansa, maktab karantinga yopiladi” — Sanepidqo‘mita vakili
Maktab darsliklari bu yil ham tekin bo‘ladi
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga prorektor tayinlandi
Maktabda fan o‘qituvchisi yetarli bo‘lganda darslarni bo‘lib o‘qitishga ruxsat berildi
Mavzuga doir yangiliklar
O'quvchilar o'limiga sababchi bo'lgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi
Hodisa joriy yilning 18-mart kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida ro'y bergandi
5 oyda YTH oqibatida 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan
294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohati olgan.
2024-yil 1-iyuldan yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida maxsus kameralar oʻrnatiladi
Bu haqida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi – u traktorni boshqarib, poyezd bilan to‘qnashgan
U traktorni boshqarib, poyezd yo‘liga chiqib ketgan.
Izohingizni tahrirlang