Qanday holatda 15 yillik ish stajiga ega o‘qituvchining toifasi umrbod saqlanadi?
Savol
2007-yildan boshlab o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelaman. 2021-yil bahorgi attestatsiyada qatnashib, oliy toifani oldim. 2022-yil 2-avgustga qadar oliy toifani olganlar toifasi umrbod saqlanib qolinib, bu toifadagilar qayta attestatsiyaga jalb qilinmaydi, deyilgandi. Shunda mening toifam ham doimiyga saqlanib qoladimi?
Javob
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan imzolangan ko‘rsatma xatida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan belgilangan, oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaslik tartibi 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik uzluksiz ish stajiga hamda oliy malaka toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligi qayd etilgan.
Mavzuga aloqador maqolalar bilan batafsil tanishish: 1, 2, 3.
Ya’ni, 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarning malaka toifasi umrbod saqlab qolinishi belgilangan.
Yuqoridagi vaziyatda ham pedagog xodimning malaka toifasi umrbod saqlanib qolishi lozim deb hisoblaymiz.
Hozirgi kunda my.gov.uz portali orqali xodimning ish stajini chiqarib olish imkoniyati mavjud. Shunga qarab, agar pedagogning 2022-yil 2-avgustgacha 15 yil staji va o‘sha paytda amalda bo‘lgan oliy toifasi mavjud bo‘lsa, uning malaka toifasi umrbod saqlab qolinadi.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tishimiz joizki, pedagog xodimlar bu kabi masalalar bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hududlarda tuzilgan ishchi guruhlarga ham murojaat qilishi lozim. Ularning muammolarini tezroq hal etilishiga yordam beradi.
Hududlarda tuzilgan ishchi guruh a’zolari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar
O‘qituvchi navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tolmasa, amaldagi toifasi tushiriladimi?
Pedagoglar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishi mumkin
Bosh vazir 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilar haqida qanday ko‘rsatma bergandi?
Hujjat mazmuni turlicha talqin qilinmoqda.
“Tarbiya” fanidan boshlang‘ichlarga dars beradigan o‘qituvchilarning malaka toifasi uchun haq to‘lanadimi?
Malaka toifani fanlarga bog‘lash bilan bog‘liq muammolar kelib chiqqan
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi
Avval bunday imkoniyat mavjud emasdi
Izohingizni tahrirlang