Attestatsiyada 86 ball olgan barcha pedagoglarga 70 fozilik ustama avtomatik tarzda tayinlanadimi?
Savol
Men 2022-yilda matematikadan oliy toifaga 87.5 ball bilan o‘tganman. Toifa muddatim esa 2027-yil tugaydi. 2025-yildan boshlab 86 baldan yuqori to‘plagan pedagoglarga 70 foiz ustama tayinlansa, menga ham 70 foizlik ustama avtomatik tarzda to‘lash boshlanadimi?
Javob
Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga 70 foizlik ustama berish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarini boshlangan.
Tizim xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganidan keyin ushbu talablar asosida 86 ballik natija bilan malaka sertifikatini olgan pedagoglar 70 foizlik ustama olishi kutilmoqda.
Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lash tartibi hali to‘liq ishlab chiqilmagan va bu jarayon qanday amalga oshirilishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar ochiqlanmagan.
Ammo Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Raximboyevning xalqtaliminfo.uz'ga bergan intervyusida 70 foizlik ustama uchun test topshirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tgandi.
Unda o‘qituvchi buning uchun attestatsiya test sinovida albatta qatnashishi kerakligi ta’kidlangandi. Attestatsiyadan ozod qilinganlar, toifa muddati tugamagan pedagoglar navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etishlari kerak bo‘ladi.
Shuningdek, xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglar ham 70 foizlik ustamani olish uchun navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishlari lozim.
Yuqoridagi savolga javob sifatida aytadigan bo‘lsak, pedagoglarga 70 foizlik ustama berish tartibi kuchga kirgan taqdirda ham, avvalroq attestatsiya test sinovlarida qatnashib, 86 va undan yuqori natijani qayd etgan o‘qituvchilarga avtomatik ravishda 70 foizlik ustama tayinlanmaydi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, 70 foizlik ustama berish tartibi kuchga kirganidan so‘ng, o‘qituvchilar bu ustamaga ega bo‘lish uchun qayta attestatsiyada ishtirok etishlari kerak bo‘ladi. (Yangi tartib kuchga kirganidan so‘ng navbatdagi attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar bundan mustasno.)
Ma’lumot uchun: Mazkur mavzuga oid ko‘plab yangiliklar tez orada xalqtaliminfo.uz'da e’lon qilinishi kutilmoqda. Bizni kuzatib boring.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
20-iyundan 1-sinfga qabul jarayonlari boshlanadi
8 oydan buyon maktabga bormagan o‘quvchilar diniy ta’lim olayotgani ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Attestatsiya vaqtida kompyuter ishlamay qolsa nima qilish kerak?
Malaka sinovlarini o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi aniqlansa, test sinovlarining qaytadan topshirilishini tashkil etilishi lozim.
So'ragan edingiz
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
Yangiliklar
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan malaka (test) sinovlari sanalari belgilandi.
“Navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan pedagoglar ishdan olinadi” — pedagoglarga bosim o‘tkazilmoqda
Navbatdan tashqari attestatsiyaga ariza topshirgan pedagoglarga (asosan bog‘cha tarbiyachilariga) arizasini qaytarib olish, arizasini qaytarib olmaganlar yoki malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmaganlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularga turli xil bosim o‘tkazish holati aks etgan xabarlar tarqalmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang