Psixolog, kutubxonachi hamda rahbar xodimlar ham vazir ustamasini olishi mumkinmi?

Savol
Hududiy MMTB vazir ustamasiga nomzodlar ro‘yxatini so‘rayotgandi. Bizdan faqat o‘qituvchilar ro‘yxatini olishyapti. Maktabdagi psixolog, kutubxonachi va rahbar xodimlar ham 6 mln so‘mlik vazir ustamasiga da’vogarlik qilsa bo‘ladimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazir jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan beriladigan mukofot pullariga psixolog, kutubxonachi va rahbar xodimlar ham da’vogarlik qilishlari mumkin. Faqat ularga ustama emas, bir martalik mukofot puli beriladi.
Buning uchun ular ilg‘or xodimlar toifasiga kirishlari kerak. Ilg‘or xodimlar — bu maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan, ta’lim sifatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shgan rahbar kadrlar, psixologlar va kutubxonachilar hisoblanbadi.
Ushbu mukofot pulini berish tartibi qanday?
Rahbar kadrlar, psixologlar va kutubxonachilarga beriladigan bir martalik pul mukofotini olish uchun hech qanday saralash bosqichlari mavjud emas.
Shuningdek, psixolog, kutubxonachi va rahbar xodimlarning ro‘yxatini ham hududiy kengashlar tomonidan (mahalliy hokimlik va MMTB bo‘limlari) shakllantirilmaydi.
Chunki, “Vazir jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizomning 10-bandiga ko‘ra ilg‘or xodimlar hisoblangan rahbar xodimlar, psixologlar va kutubxonachilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar vazirlik huzurida tuzilgan Ishchi guruh tomonidan shakllantiriladi va Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga taqdim etadi.
Shundan so‘ng bir martalik pul mukofotini olish huquqiga ega bo‘lgan rahbar xodimlar, psixologlar va kutubxonachilar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Bir martalik pul mukofoti mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari, ya’ni 6 mln 352 ming 500 so‘m miqdorida to‘lanadi. Bir martalik pul mukofotlari ularni to‘lash bo‘yicha vazirning buyrug‘i chiqqan vaqtdan boshlab bir oy davomida to‘lab beriladi.
Tavsiya: Odatda bir martalik pul mukofotini olish huquqiga ega bo‘lgan rahbar xodimlar, psixologlar va kutubxonachilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ishchi guruh e’tiboridan chetda qoladi.
Shu sababli, ta’lim sifatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shgan psixolog, kutubxonachi hamda rahbar kadrlar ularga vazir jamg‘armasi hisobidan mukofot puli berilishini so‘rab, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilishlari tavsiya qilinadi.
- Vazirlik ishonch telefoni: (71) 202-09-09
- Vazirga murojaat portali: vazir.uzedu.uz
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)dan 5 nafar o‘qituvchi xorijga malaka oshirishga yuboriladi

8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi

Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi

Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi
Mavzuga doir yangiliklar

Bu yil 1000 nafar o‘qituvchiga vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining joriy yil 30-maydagi 174-sonli buyrug‘i bilan 2025-yil uchun har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Pedagoglarga vazir ustamasi berishning yangi tartibi tasdiqlandi
Endilikda Vazir jamgʻarmasidan ustama olish uchun nomzodlarni saralab olishning birinchi bosqichi toifa testlari natijalari asosida amalga oshiriladi.

Bu yil ham vazir ustamasi kvotasi to‘lmadi, qayta test o‘tkaziladimi?
2025-yil uchun ajratilgan 1 500 ta kvotalar uchun 27 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatga olingan 4 499 nafar nomzodning 4 434 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Vazir ustamasi uchun o‘tkazilgan testdan norozilar nima qilishi kerak?
Test sinovlaridan norizo bo‘lgan pedagoglar 1-bosqich test natijalari e’lon qilingandan so‘ng besh ish kunida apellyatsiya yuborishi kerak bo‘ladi.
Izohingizni tahrirlang