O‘tgan yili vazir ustamasiga tavsiya qilingan o‘qituvchining nomzodi bu yil ham berilishi mumkinmi?

Savol
Maktabimizdagi bitta o‘qituvchi vazir ustamasi bo‘yicha o‘tgan yili testda qatnashib, kerakli ballni to‘play olmasdan o‘tolmagan. Ikkinchi o‘qituvchi kerakli ballni to‘plab vazir ustamasini olib kelyapti.
Maktab O‘IBDO‘ lari yana bu yil ham shu ikkala o‘qituvchining nomzodini shahar MMT bo‘limiga beribdi. Savol: O‘zi nizom bo‘yicha o‘qituvchilar necha yilda bir marta vazir ustamasiga tavsiya qilinishi kerak?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazir jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi har oylik vazir ustamasi to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan sonini belgilaydi.
Kvotalar tasdiqlangach, 30 kun ichida har bitta yo‘nalish bo‘yicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan kvotaga nisbatan uch baravar ko‘p nomzodlar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Ishchi guruh)ga taqdim etiladi.
Bunda pedagog xodimlarning nomzodi necha marotaba vazir ustamasiga tavsiya etilgani ahamiyatga ega emas.
Ya’ni, har yili vazir ustamasini olib kelayotgan pedagog xodimlar ham, nomzodi tavsiya qilinib, ustama ololmay qolgan pedagoglar ham bu yilgi vazir ustamasiga nomzod sifatida ko‘rsatilishi mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Bu yil ham vazir ustamasi kvotasi to‘lmadi, qayta test o‘tkaziladimi?

Pedagoglarni qanday yangiliklar kutayotgani aytildi

Tuman hokimi Samarqand viloyati MMTBga boshliq bo‘ldi

70% ustama oliy va birinchi malaka toifasiga ega hamda 86 ball to‘plagan o‘qituvchilarga beriladigan bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar

Bu yil ham vazir ustamasi kvotasi to‘lmadi, qayta test o‘tkaziladimi?
2025-yil uchun ajratilgan 1 500 ta kvotalar uchun 27 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatga olingan 4 499 nafar nomzodning 4 434 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Vazir ustamasi uchun o‘tkazilgan testdan norozilar nima qilishi kerak?
Test sinovlaridan norizo bo‘lgan pedagoglar 1-bosqich test natijalari e’lon qilingandan so‘ng besh ish kunida apellyatsiya yuborishi kerak bo‘ladi.

Attestatsiyada 80 ball yiqqan o'qituvchilar 6 mln so‘mlik vazir ustamasini olishi mumkin bo'ladi
Yangi o‘quv yilidan 6 mln so‘mlik vazir ustamasiga barcha o‘qituvchilar da’vogarlik qilishi mumkin bo‘ladi

Vazir ustamasi saralash bosqichiga doir e’tirozlar bormi?
Pedagoglarga qo‘shimcha imkoniyat yaratish choralarini ko‘rilishi kerak
Izohingizni tahrirlang